Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

moba’d ul- tabia (tabiatdan oldingi ilm), ikkinchisini ilmu 
riyoziy 
(matematika ilmi), uchinchisini esailmu tabiiy. 
Ammo bir
inchi ilmning usuli ikki fandan iborat bo’lib, birinchisi 
Olloh-u taolo va uning farmoniga binoan vujudga kelgan uchqunlari 
bo’lsa, ikkinchisi mavjudotlar va ularning turlaridir. Mavjudotlar 
birlik 
va 
ko’plik hamda vujuddan iborat bo’lib, paydo bo’lish yoki 
qadimdan mavjud bo’lish imkoniyatiga ega bo’lganliklari tufayli, 
tabiatdan oldingi ilm yoki birinchi mushohada deb ataladi. 
Amaliy qudratni takomillashtirish yuksak darajaga erishish 
qobiliyat va faoliyatini moslashtirgan kishilarga xosdir. Axloqiy 
kamol
otga erishgandan so’ng, kishi qolgan ikki narsaga, ya’ni oila 
farovonligi
va davlatni boshqarish 
masalalariga e’tibor berishi kerak. 
Oldingi mutafakkirlar fikridan farqli ravishda, Tusiy, axloqiy tarbiya 
sohasiga iqtisod va siyosiy tarbiyani ham kiritadi. Natijada, agar 
insonning irodasi va qobiliyati bu asosda uyg’un ishlarni amalga 
oshirsa, bir-birining muvozanatini saqlab tursa, u abadiy baxtga 
qo’shiladi. 
Kitobning yettinchi bobida Tusiy yaxshilik va baxt haqida 
gapiradi, aslida har ikkisi (yaxshi va yomon) kamolotga erishish 
uchun zarur sharoitlarga tegishli. Muallifning fikri
ga ko’ra, yaxshilik 


92 
va baxt bir-
biridan farq qiladi. Baxt bu yaxshilikning o’zi. Biroq, har 
bir kishining o’z baxti mavjud. Bu kamolotga faqat ongli faoliyat va 
xohish tufayli erishish mumkin. 
Keyin olim, qadimgi faylasuflarning nazariyalariga asoslanib, 
baxt turlarini e’lon qiladi. Ular «baxtiyorlik» deganda to’rt xil xislat, 
ya’ni donolik, jasorat, halollik va adolatni nazarda tutadilar. Bu 
shuningdek «barcha imtiyozlarning turlari» deb ataladi. 
Tusiy, Olloh bergan kamolot inson uchun 
haqiqiy baxt bo’lishini 
ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, barcha kuchlarni o’z vaqtida, joyda 
va to’g’ri shaklda ishlatish natijasida baxtga erishish mumkin. 
Aksincha, mavjud insoniylik kuchlarining kechiktirilishi baxtga 
erishish uchun to’siqlar yaratadi. 
Kitobning birinchi maqolasining ikkinchi qismi axloqiy 
poklanish maqsadlariga qaratilgan va ular o’nta bobda bayon qilingan. 
Birinchi bob insonlarning tabiati va axloqning o’zgarishi haqida. 
Ikkinchi 
bobda «axloqan poklanish», - eng sharafli ish deyiladi va 
buni isbotlash uchun quyidagi dalillar keltiriladi: inson bu dunyodagi 
eng ulug’vor mavjudot, insonning taraqqiyoti bilan yakunlangan ish 
dunyodagi barcha asarlarning eng sharaflisi bo’ladi. 
Uchinchi qismda axloqning karam (hurmat) va fazilat (qadr-
qimmat) kabi tur
lari haqida ma’lumot beriladi. Tusiy nafsning 
miqdorini istak
ning kuchlari soniga tengligini ko’rsatadi. Yuqorida 
aytib o’tganimizdek, insonning ikkita qudrati mavjud: «nazariy» (yoki 
ilmi
y) va «amaliy». Nazariy (yoki ilmiy) qudratni poklash natijasida 
«donishmandlik» fazilatiga, g’azabning kuchini tarbiyalash natijasida 
jasoratga, shahvoniy kuchni tarbiyalash natijasida «yaxlitlik» ning 
qiymatiga erishiladi. Amaliy qudratni poklash natijasida esa 
«adolat»ga erishiladi. 
To’rtinchi bobda muallif donishmandlikning ko’rinishlarini 
keltirib o’tadi. Aql, idrok tezligi (aql-idrok), aql ravshanligi, oson 
o’zlashtirish, aql go’zalligi, o’zini tuta bilish, xotira (zakovat) kabilar 
haqida so’z yuritib, bularning hammasi donishmandlikdan dalolat 
beradi, deydi. 
Tusiy, adolat
ning 12 ko’rinishini tasvirlab: fidoiylik, poklik, 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling