Guliston-2022 mundarija: kirish
Download 57.73 Kb.
|
Mustafoqulova Rayhona (2)
Qariyalar - qonunga binoan nafaqa yoshiga yetgan shaxslar (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 10 avgust kuni «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2015 yil 28-dekabr kuni “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon va “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. O‘zbekistonda 2010−2015-yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganish ishlari “Nuroniy” jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorida quyidagilar ko‘zda tutilgan: oqsoqollar, keksalar va faxriylarni yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga, Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish; joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘mak berish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda oilalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshi keksa faollarni bolasi bor muammoli oilalarga biriktirish, shuningdek yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish; “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy apparatining, uning viloyatlardagi va tumanlardagi bo‘linmalariga, “Nuroniy” jamg‘armasi xodim-pensionerlariga davlat byudjetidan pensiyalarini to‘la hajmda to‘lash orqali byudjetdan moliyalanishini ta’minlash; har yili “Mahalla” xayriya fondiga Navro‘z va Mustaqillik umummilliy bayramlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan hasharlardan tushadigan mablag‘larning 10 foizini “Nuroniy” jamg‘armasiga o‘tkazish; “Nuroniylar maskani” komplekslarini yaratish va ularda o‘quv zallari, hordiq xonalari, davolash fizkulturasi, shuningdek ovqatlanish xonalari va tibbiy kabinetlarni tashkillashtirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik tartibida fuqarolar yig‘ini (ovullar, qishloqlar, mahallalar) raisining o‘rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish; “Nuroniy” jamg‘armasining barcha bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan ta’minlash; kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash; biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifatini va turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish; keksa yoshdagi shaxslarni ularga to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan; urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz pensionerlar va nogironlar salomatligini har yil bu kontingentga kirgan 34 ming odamni 18 milliard so‘m miqdorida sanatoriya-davolash muassasalarida bepul sog‘lomlashtirish yo‘li bilan salomatliklarini yaxshilash; Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida keksalar, nogironlar hamda urush va mehnat faxriylari uchun 3 ta yangi sanatoriy qurish va ularni jihozlash yo‘li bilan qo‘shimcha 50 mingdan ziyod pensioner va nogironlarning sanatoriya muassasalarida bepul sog‘lomlashtirilishini tashkillashtirish. Ushbu maqsadni amalga oshirish ishlariga davlat byudjeti hisobidan 13,5 milliard so‘m ajratish; imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush sifatini, har yil bu kontingentga kirgan 10 ming odamni jami 2,5 milliard so‘m miqdoridagi zarur protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hisobidan oshirish; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironlar turmush darajasi va sifatini har yil ushbu kontingentga kirgan 4 ming odamni umumiy miqdori 3,2 milliard so‘m bo‘lgan asosiy oziq-ovqatlar, gigiyena vositalari bilan ta’minlash yo‘li bilan oshirish; 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilariga sanatoriylarda har yili sog‘lomlashtirish kursidan o‘tish o‘rniga yo‘llanmaning o‘rtacha narxiga teng ravishda kompensatsiya olish huquqini berish; yolg‘iz va kam ta’minlangan keksa fuqarolarni umumiy miqdori 6,4 milliard so‘m hajmidagi qishki kiyim komplekti va poyafzal, shuningdek qishga g‘amlash uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan har yili ta’minlash; Andijon, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ochiq yurakda jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish uchun umumiy summasi 9,7 milliard so‘m bo‘lgan hududlararo kardioxirurgik markazlar yaratish; tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; keksalar va nogironlarning 23 ta Saxovat va Muruvvat uy-internatlari moddiy-texnika bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘mga teng hajmda mustahkamlash. Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSH dollari hajmidagi kredit va grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda parvarishlovchi ijtimoiy soha xodimlari barcha chetdan parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironlarning uyiga (ayni paytda bunday kishilar soni 17 mingdan ko‘proq) nogironligi, kasalligi va ehtiyojlarini hisobga olmay turib, haftasiga ikki marta kelib ketadi. Yanvardan boshlab, parvarish qiluvchi xodimlarning miqdori va kelib-ketish vaqti davomiyligi Bartel va Lauton shkalasidan kelib chiqib belgilanadi hamda ayrim ehtiyojmandlardan haftasiga yetti kun xabar olib turiladi. Ayni choqda Aholi bandligiga ko‘maklashish va ijtimoiy himoya markazlari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar joriy etilayotgani sababli parvarish bilan band ijtimoiy soha xodimlari soni unchalik oshib ketmaydi. Ijtimoiy yordam sohasida har oyda yolg‘iz keksalar va nogironlarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari nomining 9 tadan 15 tagacha ko‘paytirilishi, shuningdek, yordam oluvchiga jami mahsulotlarning umumiy narxidan oshib ketmagan holda mahsulot va tovarlar turi va miqdorini tanlash huquqini berishdir. Masalan, keksa kishi beriladigan barcha tovarlar bahosi miqdorida faqat o‘ziga kerak bo‘lgan yorma va shakar olishi mumkin. Chetdan parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogiron kishilar keng qamrovli ro‘yxatdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish huquqiga ega shaxslar hisoblanadi. Ularga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur tovarlar to‘plami yetkaziladi, doimiy tarzda - haftasiga bir marta - uylari supurib-sidirilib, ovqati pishirib beriladi, boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatiladi, har yili bir marta davlat hisobidan sanatoriylarda salomatligi mustahkamlanadi, dori vositalari ularga bepul tarqatiladi va boshqa ko‘p ishlar qilinadi. Qaror qabul qilinishidan oldin yaqin qarindoshi va vasiylari bo‘lmagan pensionerlar (yoshi va nogironligiga ko‘ra pensiya oluvchilar) yolg‘iz kishilar deb qaralar edi. Endi esa keksalar, pensiya belgilash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlari ham yolg‘iz hamda o‘sha yordam va xizmatlarni olishga huquqi bor deb hisoblanadi. Bundan tashqari, qarindoshlari voyaga yetmagan yoki chetdan parvarishga muhtoj bo‘lgan I va II guruh nogironlari yoki keksa kishilar bo‘lganlar ham chetdan parvarishga muhtoj keksalar va nogironlar toifasiga mansub bo‘ladi. Hozirgi paytda yuqorida zikr etilgan ijtimoiy yordam oladigan yolg‘iz pensionerlar soni, taxminan, 5500 kishidir. 2016 yil yanvaridan boshlab, yangi tartib kuchga kirgach, ushbu imtiyozlardan foydalanuvchi kishilar soni 7000 dan oshadi. Qaror bo‘yicha joriy qilinayotgan tartibga ko‘ra, Aholi bandligiga ko‘maklashish va ijtimoiy himoya markazlari hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mas’ul xodimlari yordamga muhtoj keksalar va nogironlarni aholini xabardor qilish va uyma-uy kirib chiqish yo‘li bilan aniqlash, bunday huquqqa ega bo‘lgan har bir ehtiyojmand kishini ijtimoiy himoyaning barcha turlari bilan ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi. Bu o‘rinda faqat Mehnat vazirligi emas, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Pensiya jamg‘armasi va boshqa idoralar ko‘rsatadigan xizmatlar va yordamni ham nazarda tutilmoqda. 2016 yil Yanvar oyidan boshlab keksalar va nogironlarga ko‘rsatilayotgan davlat ijtimoiy xizmatlari va yordami turlari haqidagi barcha ma’lumotlarni mas’ul vazirlik va idoralar Yagonainteraktivdavlatxizmatlari portaliga joylashtiradi. O‘shanda Davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini olayotgan keksalar va nogironlarning yagona registri ishga tushadi va unda har bir yordam oluvchi haqidagi ma’lumot joylashtiriladi hamda mas’ul idoralarning xizmatlar va yordam berish qanchalik asoslanganini kuzatib borishiga imkon tug‘iladi. Bu barcha ehtiyojmand keksalar va nogironlar o‘rtasida davlatning ijtimoiy himoya choralarini to‘liq, adolatli va teng miqdorda taqsimlashni ta’minlab beradi. Qaror asosida ijtimoiy sohaning O‘zbekiston uchun innovatsion texnologiyalari joriy etilmoqda. Qarorni amalga oshirish rasmiyatchilik bo‘lib qolmasligi, xizmatlar va yordam yetarli darajada sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun Mehnat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga qarorni amalga oshirish uchun javobgar xodimlarni o‘qitish borasida jiddiy va keng miqyosli ish olib bormoqda. Uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar tayyorlanmoqda, ish jarayonlari va interaktiv xizmatlarni avtomatlashtirish uchun ta’minot dasturi ishlab chiqilmoqda. O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. o’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun”1 zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi. Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turg’unlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi. Aholining turli qatlamlariga differensial yondoshish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. Hozirgi davrda aholining bandligini va xususan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy siyosatining yana bir yutuqlaridan bo’lib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining vujudga kelishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’mak ko’rsatish imkonini beruvchi zamoaviy usul va texnologiyalardan keng foydalanish hisoblanadi. Mahalliy o’zini boshqarish organlari – xokimiyatlarda hududiy ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimining tashkil topishi va rivojlantirilishi barobarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish imkoniyati ortib boraverdi. Zamonaviy o’zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanistik faoliyatning ma’lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo’ladi. O’tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida O’zbekiston o’z muhtoj fuqarolarining zarur yordam va ko’magini olishi uchun xizmat qiladigan yangi ijtimoiy muassalar tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldi. Qariyalar, bolalar, nogironlar haqida qayg’urish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, jamoatchilik tarzida o’zini boshqarish organlari (mahalla), IIV tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalar tarkibiga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish markazlari, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila, ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha hududiy markazlar va b. kiradi. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatilishi bo’yicha asosiy tamoyillar keltirilib o’tiladi. Ular orasida quyidagicha tamoyillar ham keltirib o’tiladi: inson va fuqaroning ijtimoiy xizmat ko’rsatish hamda ularga davlat kafolotlarining ta’minlanishi bo’yicha huquqlariga rioya etilishi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarni olishda teng imkoniyatlarga egaligi; ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash kabi tamoyillar. Uyda ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishiga muhtoj fuqarolarni butunlay qamrab olish va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida o’zini boshqarish organlariga yolg’iz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlarga uyda xizmat ko’rsatish bo’yicha ish bilan shug’ullanish uchun mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolarni vaqtincha to’lovli jamoatchilik ishlariga jalb etishga ruxsat berilgan. Shubhasizki, mamlakat aholisini himoyalash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks dasturlarining tashkillashtirilishi zarur. Umuman, davlatimizning butun ijtimoiy siyosati shularning barchasiga yo’naltirilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Ijtimoiy ish – bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o’ziga xos bir shakli bo’lsa, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning o’zagi, yo’nalishidir. Ijtimoiy ish – multidissiplinar kasb sohasi. Bu mijozga yordam ko’rsatish maqsadida ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislik sohasi vakillari – vrach, pedagog, psixolog, militsiya xodimi bilan o’zaro aloqadorlik tizimini shakllantiradi, deganidir. Boshqa tomondan ijtimoiy ishchining o’zi ham maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lganligi va ushbu kasblarning ko’pchiligi bilan bog’liq asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgani uchun ham universal mutaxassis hisoblanadi. Bu tarzdagi turli fanlarga oid bilimlarga egalik birlamchi tashxisni amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek boshqa mutaxasislarga muammolarni ilg’ashlariga imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Bu ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislarda bo’lgani kabi ijtimoiy ishchilarda o’z shaxsiy usullari yo’q degani emas, albatta. Masalan, amaliy psixologiya va ijtimoiy-psixologik ishda qo’llaniladigan individual va oilaviy terapiya, ta’sir ko’rsatish ob’ekti hamda ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga aralashishning “chuqurligi” bilan farqlanadi. Keng ma’noda ushbu kasb millatning ijtimoiy o’zini anglashi, davlatning insonparvarligi va taraqqiy etganligi darajasi, madaniylilik darajasini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy ish sohasi doimo kengayib boraveradi, G’arbda ham ijtimoiy ishchilarni mahalliy o’zini boshqarish idoralarida, maktablarda, tibbiyot muassasalarida, oila va bolalarga yordam ko’rsatish markazlarida, biznes va industriyada, ruhiy sog’lomlashtirish markazlari, korreksion muassasalar va xususiy amaliyotda uchratish mumkin. Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi. Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Amaliy ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy ma’murlar va tadqiqotchilar o’z shaxsiy madaniyatiga egadirlar. Ularning reallik yoki reallikni barpo etilishi haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan ratsionallikning e’tirof etilishi, yoki ongli va me’yoriy talablarning talqini, shuningdek ijtimoiy muammolarga nisbatan munosabati qisman odatga aylangan madaniy qadriyatlar va me’yorlarga borib taqaladi. Professional sifatida bu insonlar, aslo o’zlarining “madaniy ko’zgu”lari doirasidagina ishlashlariga haqlari yo’q, biroq tanqidiy va tahliliy yondoshuvlardan foydalangan holda qadriyatlar tizimi, ijtimoiy deviatsiya va ijtimoiy muammolarni inobatga olishga majburdirlar. Jamiyatning shunday ijtimoiy institutga nisbatan ehtiyoji ko’pgina omillar bilan belgilanadi, ular orasida zamonaviy madaniyatlarga xos bo’lgan shaxslararo ajralganlik, begonalashib ketish, oilalarda kechayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning ijtimoiy ishni institut sifatida yetaklab borishga nisbatan tayyorgarligi ijtimoiy va davlat kichik tizimlari maqsadlarining davlat qonunchiligi, konstitutsiyasi va siyosatining taraqqiy etganligida aks etuvchi insoniyatning rivojlanishiga qarab yo’nalganligida namoyon bo’ladi. Inson fikri, shunday qilib, qadriyatli va me’yoriy tizimlarning ko’pqirraligi va tenghuquqliligini anglash, ratsional yordam va ko’mak ko’rsatilishiga olib keluvchi qiyin vaziyatlarni tushunish hamda hayrihox bo’lish orqali kechadi. Download 57.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling