Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet479/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Investitsiya byudjeti – korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalari rejasi.
Investitsiya faoliyati – korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, aqliy salohiyat, kredit, er va boshqa ko’chmas mulk ob’ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) oliishni yoki ijtimoiy samaraga erishish mahsadida joylashtirish.
Investitsiyalar markazi – bo’linma rahbari nafaqat daromad va xarajatlarga, balki kapital ko’yilmalarga ajratilgan mablag’larning oqilona sarflanishiga ham javob beradigan markaz turi.
Investitsiya loyihasi – aniq, puxta o’ylangan goyaga, maqsadga ega bo’lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo’yilishini talab qiladigan xarajat dasturi.
Investor - mablag’ini moliyaviy qo’yilma sifatida foyda olish maqsadida sarflovchi shaxs.
Innovatsiya - jarayon sifatida, iqtisodiyotga mablag’ni sarflash, qaysiki, texnika va texnologiyalarning zamonaviylariga almashtirilishini ta’minlaydi, ob’ekt sifatida ilmiy-texnik taraqqiyot yutug’i natijasi hisoblanuvchi yangi texnika, texnologiya, ixtirochilikning rivojlanishi, kichik va yirik ixtirolarning yuzaga kelishi innovatsiyaning muhim omili hisoblanadi.
Indeks - qandaydir iqtisodiy hodisaning o’zgarishini aks ettiruvchi raqamli ko’rsatkich. Masalan, baho indeksi, ishlab chiqarish hajmi indeksi, tashqi savdo indeksi.
Indeksatsiya - inflyatsiya sharoitida pulli talablar va turli daromadlarning haqiqiy hajmini saqlash usuli. Indeksatsiya kredit va to’lov kelishuvlarida, mehnat haqini to’lash haqidagi shartnomalarda, hamda dividentlarni, foizlarni, nafaqa va boshqalarni to’lashni tartibga soluvchi hujjatlarda indeksli kelishuvlarni yoritishga asoslanadi. Indeksatsiyaga asosan, majburiyatning yuzaga kelishi va haq to’lanishi muddati oralig’idagi baho o’zgarishini baho indeksini qo’llash yordamida to’lov hajmi mutanosib asosda amalga oshiriladi. Indeksatsiya asosan alohida davlatlar ichida qo’llaniladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling