Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet502/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Pul o’lchov birligi - buxgalteriya hisobidagi o’lchov birliklaridan biri, uning yordamida pul ko’rinishidagi ko’rsatkichlar olinadi (so’m va tiyinda). Buxgalteriya hisobida mehnat va natura o’lchov birliklaridan ham foydalaniladi. Ammo pul o’lchov birligidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlaridan biri ob’ektlarni pulda baholashdir. Sintetik hisobda o’lchovning pul ko’rinishidan foydalaniladi.
Qarzlar - korxonaning respublika yoki xorijiy qarzga beruvchilardan (bankdan tashqari) yoki boshqa jalb qilingan milliy yoki xorijiy valyutada qarzga olgan mablag’laridir.
Qaydnoma - birlamchi hujjat yoki hisob registri. Qaydnoma yig’ma hujjat bo’lishi ham mumkin. Qaydnomadan buxgalteriya hisobining hamma shakllarida ham foydalaniladi.
Xo’jalik jarayoni sodir bo’lgan vaqtda tuzilgan qaydnoma birlamchi hujjat hisoblanadi. Yig’ma qaydnoma esa, bir nechta birlamchi hujjatlar asosida tuziladi. Unda birlamchi hujjatlarning ma’lumotlari yig’iladi va hisob registrlarida keyingi yozuvlarni amalga oshirishni engillashtiradi. Yig’ma qaydnomalarni hisoblash mashinalari yordamida tuzish samaralidir. Buxgalteriya hisobida jamg’arma qaydnomalari, to’lov qaydnomasi, hisob-to’lov qaydnomalari, solishtirma qaydnomalardan foydalaniladi.
Qiymat- iqtisodiy kategoriya bo’lib, tovarga sarflangan va unda jamlangan ijtimoiy zaruriy mehnatni aks ettiradi. U faqat tovar ishlab chiqarishda namoyon bo’ladi. Qiymatni aks ettirish shakli baho hisoblanadi.
Quyidan yuqoriga rejalashtirish – ishlab chiqarish rejasini boshqarishning quyi darajasi, ya’ni, korxona bo’linmalari va funktsional xizmatlar bo’yicha tusish.
Refaktsiya - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo’lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar og’irligiga nisbatan chegirma; ko’p miqdorda yuk mavjud bo’lgan maxsus kelishuvda yuk jo’natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma.
Reklama - xaridorga ijobiy ta’sir etuvchi, tarqalishidan doimo kimdir manfaatdor bo’ladigan maxsus ma’lumot. Reklama - birinchi navbatda, tijorat ma’lumoti bo’lib, buyurtmachi hisobiga, ammo uning bevosita ishtirokisiz turli ommaviy axborot vositalari yordamida tashviqot kilinayotgan tovar yoki xizmatlarda xaridorlarning talabini vujudga keltirish va oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Reklama marketingning muhim va qimmatli elementi hisoblanadi.
Reklamatsiya - mahsulotni etkazish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish va boshqalar yuzasidan shartnoma shartlarini buzganlik uchun mol etkazib beruvchiga (sotuvchiga) xaridorning da’vosi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling