Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet499/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Pablik Rileyshnz - zamonaviy marketing va mahsulotlarni sotishni intensifikatsiya qilish usullaridan biri. Usulning vazifasi firma va uning mahsuloti haqida yaxshi fikr yuzaga keltirishdan iborat (ommaviy axborot, ko’rgazma, intervyu, so’zga chiqish va boshqalar orqali).
Parij klubi” - rivojlangan davlatlarning xalqaro hukumat instituti bo’lib, ularning asosiy maqsadi to’lov muddati o’tib ketishini (bir tomonlama sharti) oldini olish uchun rivojlanayotgan davlatlarning tashqi qarzlari holatini ko’rib chiqish va o’rganishdir. 1956 yil tashkil topgan “Parij klubi” majlislarida asosan, u yoki bu davlatning tashqi qarzlarining hammasi emas, faqat shu yil to’lanishi kerak bo’lgan davlat qarzi qismi bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi.
Patent - litsenziyali faoliyat - korxonalar ilmiy-tekshirish va loyiha-ixtirochilik tashkilotlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari axborot faoliyatining tarkibiy qismi bo’lib, ilmiy-texnik qarorlar vujudga kelishidan iborat, patent himoyasi yoki litsenziya kelishuv predmeti bo’lish layoqatiga ega hisoblanadi (patent, litsenziyaga qarang).
Patent – himoya hujjati bo’lib, ixtiro (foydali uslub, sanoat namunasi) uchun beriladi va ma’lum bir muddat ichida himoya ob’ektidan foydalanish uchun patent egasiga istisnoli huquq beradi. Savdo yoki boshqa tarmoq bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjat.
Har bir patentga tartib raqam va ixtirolar xalqaro turkumlashga asosan, ixtiro turi indeksi biriktiriladi.
Milliy va hududiy patent turlari mavjud. Sanoat mulkchiligining milliy boshqaruvidan berilgan patentlar milliy patentlar hisoblanadi. Evropa patent boshqaruvi va intellektual mulkchilik, Afrika tashkiloti tomonidan berilgan patentlar hududiy patentlar deb ataladi.
Patent huquqi - sanoat mulkchilik ob’ektlarining himoyasi bo’yicha qonunlar summasi. Sanoat mulkchilik ob’ekti yuzasidan himoya hujjati (patent)ga ega bo’lgan sub’ekt, ushbu ob’ektni ishlab chiqarish, sotish, reklama qilish, ko’rgazmaga taqdim etish, shuningdek, patentlashtirilgan ob’ektga nisbatan barcha yoki qisman huquqni boshqa shaxsga (shaxslarga) berish bilan bog’liq monopol huquqga ega bo’lishligi bilan ajralib turadi.
Sanoat mulkchiligiga berilgan himoya hujjatlariga quyidagilar kiradi: ixtiroga patentlar (amal qilish muddati 15 yildan 20 yilgacha), patentga guvohnoma - sanoat namunalari uchun (amal qilish muddati 13 yildan 15 yilgacha), savdo belgilari ro’yxatidan o’tganligi haqida guvohnoma (10 yildan 20 yilgacha amal qilish muddati bilan) va boshqalar.
“Patent zonti” yoki “patentli buketlash” - turli himoya hujjatlari bilan birga mahsulotlarni himoya etish. Patent himoyasining bunday usuli, raqobatli kurash vosita sifatida foydalaniladi va mahsulotga monopol baholar belgilashga imkoniyat beradi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling