Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet512/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

To’lov topshiriqnomasi - to’lovchining bankka yozma topshirig’i bo’lib, unda to’lovchining hisobidan oluvchining qisobiga ma’lum bir pul mablag’i summasini o’tkazish yuzasidan topshirig’idir.
Umumishlab chiqarish xarajatlari – korxonada asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash va boshqarishga xizmat qiluvchi xarajatlar (mashina va uskunalarni saqlash, ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish, saqlash, sug’urta qilish xarajatlari va h.k.).
Uzoq muddatli kreditlar - bir yildan yuqori bo’lgan muddatga berilgan kreditlar. Bu kreditlar kapital qo’yilma, qimmatbaho uskunalar olish, asosiy podani tashkil etish va boshqa maqsadlarda respublika va chet mamlakatlar hududidagi banklardan milliy yoki xorijiy valyutada olinishi mumkin. Kreditlarni olish tartibi, hujjatlashtirish va qaytarilishi bank qoidalari va kredit shartnomalari asosida boshqariladi. Uzoq muddatli bank kreditlari bo’yicha hisob-kitob yuritish uchun 7810 - “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvarag’idan foydalaniladi.
Uzoq muddatli xarajatlar – korxonaning strategik maqsadini amalga oshirishda yuzaga keluvchi ilmiy tekshirishlar, yangi texnologiyalarni olib kirish va rivojlantirish, tayyor mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar.
Valyuta (ital. valuta - baho, qiymat) - ma’lum bir davlatning pul birligi va pul tizimi (so’m, tenge, dollar, evro, iena va h.k.). Valyutani chet elning kredit biletlari va tangalari ham deb ataladi.
Valyuta auktsioni - valyuta kelishuvi bo’lib, unda tomonlardan biri sotish yoki sotib olish huquqiga ega bo’ladi.
Valyuta birjasi - bozor kursi bo’yicha xorijiy valyutalarni sotib olish - sotish kelishuvi amalga oshadigan muassasa.
Valyuta kursi - bir valyutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan davlatlardagi valyuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar hukumati tomonidan belgilanmay, balki xalqaro valyuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib stixiyali ravishda vujudga keladi. O’zRda milliy valyutamizning chet el valyutalariga nisbatan kursi, Markaziy Bank tomonidan belgilanadi. Chet el valyutalari bilan bog’liq jarayonlar ushbu valyuta kurslari asosida amalga oshiriladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling