Yevropa hamjamiyatining roli: moliyaviy hisobot bo’yicha Yevropa hamjamiyati komissiyasining 4- va 7- yo’riqnomalari. Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining yo’riqnomalari hamjamiyatga a’zo davlatlar uchun uyg’unlashuv vositasi sifatida majburiydir, ammo ularni milliy qonunchilikka kiritishning o’ziga xos shakllari va usullari haqida qaror qabul qilishdan ozod qiladi.
Moliyaviy hisob sohasida ayniqsa muhim yo’riqnomalari 4 va 7 bo’ladi. 1978 yil 27 iyulda qabulq ilingan “Hisobot shakllari va ularni audit qilish qoidalarini unifikatsiyalash to’g’risida”gi 4-yo’riqnomada yillik moliyaviy hisobot masalalari: balans shakllari va tuzilishi, foyda va zararlar hisobvaraqlari, ushbu hujjatlarga eslatmalar mazmuni ko’rib chiqiladi. Yo’riqnomada “tarixiy qiymat” tamoyiliga asoslangan baholash usullari bo’yicha tavsiyalar mavjud, ammo muqobil usullar: davriy qayta baholash, almashtirish qiymati, inflyatsion omilni hisobga olish usullaridan ham foydalanish mumkin. Yo’riqnomada hisobotlarni tayyorlash, nashr etish va audit qilish bilan ham shug’ullanadi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hukumatlari e’lon qilingan axborot va auditorlik nazorati hajmiga nisbatan direktiv talablaridan muayyan imtiyozlar va chetga chiqishlarni emas, balki baholash qoidalarini belgilashi mumkin.
“Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash tamoyillari to’g’risida”gi 7-ko’rsatma 1983 yil 13 iyulda qabul qilingan. U konsolidatsiya bilan qamrab olingan tashkilotlarning iqtisodiy guruhini belgilaydi va nazorat tushunchasini guruhning asosiy mezoni sifatida ochib beradi.
Bu yo’riqnomalar iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida shu kabi yo’riqnomalarni qabul qilish uchun asos yaratdi, masalan, 1986 yil 8 dekabrda banklar va boshqa moliya institutlarining yillik va konsolidatsiyalashgan hisobotlari to’g’risidagi yo’riqnomasi tasdiqlandi.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari Kengashi (qo’mita)ning roli. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari Kengashi (MHXS) 2001 yil aprel oyida mustaqil organ sifatida professional buxgalterlar tashkilotlari tomonidan 1973 yilda tuzilgan moliyaviy hisobot xalqaro standartlari qo’mitasi (MHXS) o’rniga tashkil etilgan.
MHXSK ushbu xalqaro institutining yadro qismidir (1.1-chizma).
MHXSK instituti tarkibi
MHXSK instituti (Vasiylar 19)
MHXS talqini bo’yicha doimiy Qo’mita (TDQ)
MHXS bo’yicha boshqaruv Kengashi (14 kishi)
Standartlar bo’yicha maslahat Kengashi (SMK)
Do'stlaringiz bilan baham: |