241. Moliyaviy byudjet ta’rifini ifodalovchi qatorni aniqlang.
A) bo’linma rahbari xarajatlar va foyda uchun javob beradigan markaz turi;
B) xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib, vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladigan byudjet shakli;
C) tovar-moddiy zahiralari, asosiy vositalarni sotib olish, tayyor mahsulotlar zahiralari va davr xarajatlari to’g’risidagi axborotlar hamda moliyaviy mablag’larning taxminiy manbalarini ifodalovchi byudjet turi;
D) korxonada mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o’rtasidagi farqni ifodalovchi ko’rsatkich;
E) sotish hajmi va tannarxi, daromad va xarajatlarning nisbati, sof foyda, o’z mablag’laridan samarali foydalanish, investitsiya qo’yilmalarining qoplanish muddati kabi ko’rsatkichlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtiruvchi byudjet shakli.
242. Investitsiya byudjeti bu - ...
A) sotish hajmi va tannarxi, daromad va xarajatlarning nisbati, sof foyda, o’z mablag’laridan samarali foydalanish, investitsiya qo’yilmalarining qoplanish muddati kabi ko’rsatkichlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtiruvchi byudjet shakli;
B) korxonada mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o’rtasidagi farqni ifodalovchi ko’rsatkich;
C) tovar moddiy zahiralari, acociy vositalarni sotib olish, tayyor mahsulotlar zahiralari va davr xarajatlari to’g’risidagi axborotlar hamda moliyaviy mablag’larning taxminiy manbalarini ifodalovchi byudjet turi;
D) korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalari rejasi;
E) xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib, vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladigan byudjet shakli.
243. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda qanday usullardan foydalaniladi?
A) taqqoslash, guruhlash, chiziqli dasturlash;
B) darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash;
C) darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, zanjirli bog’lanish;
D) vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash, induktsiya;
E) induktsiya, deduktsiya, darajali taxminlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |