Xalq xo’jaligidagi hisob turlari - iqtisodiyotdagi xo’jalik hisobi tizimidir. Ular buxgalteriya hisobi, statistika va tezkor hisobdir (buxgalteriya, statistika va tezkor hisobga qarang).
Xarajatlar markazi – xarajatlarni maqsaddi sarflanishiga mas’ul hisoblangan korxona bo’linmasi (ishlab chiqarish tsexi, konstruktorlik byurosi va h.k.).
Xarajatlar ob’ekti – sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo’lgan tashkiliy bo’lim.
"Xarajatlar–ishlab chiqarish hajmi–foyda" tizimi – (Cost-Volume-Profit) – zararsizlik nuqtasini aniqlash, korxona xarajatlari, ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar o’rtasidagi uzaro aloqadorlikni o’rganuvchi tahlil tizimi.
Xarzver - hisoblash texnikalarining qismlarini ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog’i.
Xayring - mashina, asbob-uskuna, transport vositalari va boshqalarning bir kundan bir necha oygacha bo’lgan qisqa muddatli ijarasi, ekvivalenti - prokat.
Xedj - tezkor kelishuv bo’lib, mumkin bo’lgan baho pasayishidan sug’urtalash uchun kelishuv.
Xedjirlashtirish - valyuta xavfini sug’urtalashning turli usullarni ifodalash uchun bank, birja va tijorat amaliyotida foydalaniladigan termin.
Xodimlar bilan boshqa jarayonlar bo’yichahisob-kitoblar - korxonalar xodimlari bilan mehnat haqi, deponent bo’yicha va moddiy javobgar shaxslar bilan hisob-kitoblarga kirmaydigan boshqa barcha jarayonlardir. Bunday jarayonlarning hisobi uchun 4700 “Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”dan foydalaniladi. Ularga 4 ta hisobvaraq ochilgan.
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
Xolding kompaniyasi - boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari ustidan nazoratni olib borish maqsadida ular aktsiyalarining nazorat paketlarini sotib olish uchun o’z kapitallaridan foydalanuvchi aktsiyadorlik kompaniyasi.
Xotelling usuli - korxona, firma va boshqa yuridik shaxslarning moliyaviy-iqtisodiy holati natijalarini tahlil qilish usuli. Sub’ekt xo’jalik faoliyatining moliyaviy tomonlarini tashkil etuvchi 4 asosiy ajratishni nazarda tutadi.
Har bir tashkiliy qismi sub’ekt xo’jalik faoliyatining aktivlik ko’rsatkichini beradi. Har bir tashkil etuvchi sub’ekt xo’jalik faoliyati aktivligi potentsialining ko’rsatkichlarini o’zida jamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |