Glyukoamilaza - (1,4-
-D-glyukan-glyukanogidrolaza) asosan zamburug‘larda
keng o‘rganilgan. Asp.niger zamburug‘ida u molekulyar massasi 100 000
dalton atrofida bo‘lgan ikkita glikoproteinlardan iborat. Demak, bu fermentni
xususiyatlari bir-biridan farq qiladigan ikkita formasi (shakli) mavjud.
Dekstranaza - (1,6-
-D-glyukan-glyukanogidrolaza) dekistrindagi 1,6-glikozid
bog‘iga ta’sir qiladi.
Laktoza yoki
-galoktozidaza (
-D-galoktozid-galoktogidrolazalar) laktozani
glyukoza va galaktozaga aylantiradi. Bu ferment E.Coli, Asp.niger,
Sacch.cerevisiae, Curvularia inaqualis, Alternaria tenuis va ayrim boshqa
mikroorganizmlarda sintez bo‘ladi.
Invertaza - (
-D-fruktofuranozid-fruktogidrolaza) saxarozani glyukozaga va
fruktozaga parchalaydi. Uni Aspergillus turkumi vakillari (Asp.awamori,
Asp.batatae,
Asp.niger),
achitqi zamburg‘i, Bacillus subtilis va
Bac.diastaticus larning aloxida shtammlari xosil qiladi.
Sellyulolitik fermentlar (sellyulazalar) - faol oqsillarning murakkab kompleksidir,
sellyuloza molekulasining xar xil bog‘lariga ta’sir qiladi, S komponent
(ekzonukleaza) tabiiy xoldagi sellyulozaga (paxta, filtr qog‘ozi) ta’sir qiladi.
S
x
-komponenti (endonukleaza) eriydigan shaklga o‘tkazilgan kletchatkani
(karbosimetilsellyulozani) gidrolizlaydi.
Sellyuloza bilan bir qatorda mikroorganizmlar sellobiaza (
-glyukozidaza) xosil
qiladi, bu ferment sellyulozani va gemitsellyulozani parchalaydi. Sellyulozani
gidrolizining oxirgi bosqichi, glyukoza xosil bo‘lishi bilan tugallanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan sellyulotik ferment preparatlari odatda S
1
va S
x
va
shunga o‘xshash sellobiaza va gemitsellyulaza fermentlari bo‘lib, bu
preparatlarning pH ko‘rsatkichi 3,0 dan 8,0 gacha. Mana shu rN lar oralig‘ida
ular turg‘undirlar. Sellyulazani xosil qiluvchilar ko‘pincha mitselliali
zamburug‘lardir, shulardan Penicillium notatum, P.vuriabili, P.iriense,
Do'stlaringiz bilan baham: |