Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


Fermentlar klassifikatsiyasi


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana04.11.2023
Hajmi3.93 Mb.
#1746747
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

Fermentlar klassifikatsiyasi. qabul qilingan klassifikatsiya tizimiga binoan 
xamma fermentlar olti sinfga bo‘linadi: 
Oksidoreduktazalar; 
Transferazalar; 
Gidrolazalar; 
Liazalar; 
Izomerazalar; 
Ligazalar (sintetazalar). 
Keng miqdorda qo‘llaniladigan mikroorganizmlar fermenti - gidrolazalar 
sinfiga kiruvchilardir (glikozidazalar, peptidazalar va boshqalar). 
Bular glikozid, peptid, efir va ayrim boshqa bog‘larga suv ishtirokida ta’sir 
qiladi. Gidrolazalar ko‘pincha xujayra tashqarisidagi (ekzogen) fermentlardir. 
xujayradan chiqib, ular kultural muxitda to‘planadi. Bu fermentlarni olish xujayra 
ichidagi (endogen) fermentlarni ajratishga nisbatan qulay va arzondir.
Glikozidazalar. Glikozidazalar -glikozid bog‘larini gidroliz qiluvchi 
fermentlardir. Bular ko‘p vaqtlardan beri o‘rganiladi va ishlatiladi. Bu guruxga 
kraxmalni gidroliz qiluvchi amilolitik fermentlar, 

-amilazalar va glikoamilazalar 
kiradi. Ko‘p mikroorganizmlar 

-amilaza xosil qiladi, 

-amilaza sintezi esa kam 
kuzatiladi.
Amaliy maqsadlarda qo‘llaniladigan 

-amilazani ajratuvchi Bacillus 
licheniformis
Bac.amyloliquefaciens
Aspergillus 
oryzae 
va 
boshqa 
mikroorganizmlardir. 

-amilaza Bac. licheniformis dan olinadigan juda yuqori 
xaroratga chidamli va kraxmalni 100

S atrofidagi xaroratda gidroliz qilish 
qobiliyatiga egadir. Mikroorganizmlarning ekstremal sharoitda taraqqiy qilish 


27 
qobiliyatini, ya’ni past va yuqori xaroratda, molekulyar kislorod mavjud 
bo‘lmaganda, ishqorli va kislotali muxitda, to‘zni yuqori konsentratsiyasida o‘sishi 
ko‘pincha ularning fermentlari xarakteri bilan aniqlanadi.
SHunday qilib, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mikroorganizmlarda juda 
yuqori faol fermentativ reaksiya olib borish qobiliyati mavjud, mikroorganizmlar, 
boshqa yo‘llar bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan juda ko‘p jarayonlarni 
o‘zlarining maxsus fermentlari tufayli amalga oshirish imkoniyatiga egalar. 
Makro- va mikroorganizmlarda bir xil funksiyali fermentlar, o‘zlarining xossa 
va xususiyatlari jixatidan xar xil bo‘lishi mumkin va mikroorganizmlarda o‘zini 
faolligini yuzaga chiqarishi uchun aloxida sharoitga muxtoj bo‘ladi. SHuning 
uchun turli xil mikroorganizmlar fermentlarini o‘rganish juda muxim vazifadir. 

Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling