Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi


Download 188.12 Kb.
bet4/13
Sana05.05.2023
Hajmi188.12 Kb.
#1429714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sarvnamolar

2-rasm. Madjerum

beixtiyor mangulik haqida o‘ylab qoladi. Yillar zo‘r kelib, daraxtning uchta yirik shoxi yerga qadar egilib qolgan. Aslida, ularni shox deyish qiyin, sababi, ular ulkan daraxt tanasi bo‘lib, bir paytning o‘zida unga bir nechta kishi sig‘adi. Ponalarni mahalliy aholi toshlardan qurgan tayanch-piramidalar ushlab turadi. Ulkan daraxt g‘amxo‘rligi — juda savob ishdir, axir, uning oldida avvallari masjid bo‘lgan. Ko‘plab ziyoratchilar ham bugungi kungacha archa-biota oldiga kelib, yaratganning marhamati va istaklari amalga oshishini so‘rab kelishadi. Shoxlarida rang-barang mato bo‘laklari, ziyoratchi ayollar bog‘lagan dastro‘molchalar osilib turadi, ularni sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bardavom nasl so‘rab bog‘lashgan. Shuningdek, daraxtning uchta shoxi tagidan o‘tib, uning shoxlaridan biriga dastro‘mol bog‘lagan ayolning farzandi kutilgan sanada tug‘ilar ekan. Mahalliy aholining aytishicha, XX asr boshlarida biota ostida maktab bo‘lib, keng daraxt kovagiga bir vaqtning o‘zida 5-6 kishi sig‘gan. Muqaddas joy, shuningdek, qadimiy islom dini bo‘lishidan oldin shu diyorda yashagan xalq relikti sifatida ham qiziqish uyg‘otadi. Mahalliy homiy-ruhlarni, ya’ni “er egalarini” ilohiylashtirish — dunyoning deyarli barcha xalqlari dinining animalistik e’tiqodining namoyishidir. Biota shu yerlardagi nurota qadamjosi (qorabaliq makoni bulog‘i, masjid, qo‘rg‘on hamda avliyolar mozorlari) kabi mashhur emas, shuning uchun bu yerga muayyan bir kunda atrofdagi qishloq aholisigina kelib, tilaklarini aytib ketishadi. Ayrimlar eski tegirmon oldiga kelib, qurbonlik uchun qo‘y so‘yishadi, shuningdek, loy o‘chog‘larda baquvvat taom tayyorlab, barcha mehmonlarga uzatishadi. Biota-archasi katta yo‘ldan uzoqda o‘sadi. Unga yetib borish uchun uzoq yo‘l yurish lozim. Agar Nurota (Navoi viloyati) orqali Jizzah viloyatining Forish tumani tomon yurilsa, yo‘ldan o‘ngga qayilib, Madjerum qishlog‘i tomon yurish kerak. Madjerumda boshqa toqqa yaqin qishloqdagilar kabi etnik tojiklar yashab kelishadi. Agar omadingiz kelsa, tosh to‘siq va uylar orasidagi tor yo‘lakda bir necha erkaklarni uchratishingiz mumkin. Ular qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, albatta so‘rashtshadi. Lekin qishloq chegarasi tugashi bilanoq, mashina yo‘lagi ham tugaydi. Uyog‘iga soy yoqalab toshlar orasidagi yo‘lakdan yurish kerak. Suv jildirab oqmoqda. Tevarak sukunat bilan qoplangan.





    1. Download 188.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling