Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1-topshiriq. Eski o`zbek tili va yozuvi fanini o’qitishning maqsad hamda vazifalarini tahlil qilish.
1.1. Eski o`zbek yozuvining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
1.2. Arab tilining taraqqiyot davrlarini aniqlash.
1.3. Arab tilining so’z tarkibi va grammatik qurilishi to’g’risida ma’lumot berish
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
arab yozuvi arablarga islom dini qabul qilinishidan oldinroq nabotiy qabilalaridan o`tgan, nobotiylar uni oromiylardan, oromiylar finikiyaliklardan o`zlashtirib olgan edilar
O’zbek yozuvida xat chapdan o’ngga qarab yozilsa, arab yozuvida esa xat o’ngdan chapga qarab yoziladi va shu tartibda o’qiladi.
Fors- arab yozuvida qisqa unlilar yozilmay diakritik belgilarda ifodalanadi, ular yozuvda odatda tushib qoladi, faqat ~ madda belgisi qo’yiladi.
Hozirgi o’zbek yozuvida so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib, bir satrdan ikkinchi satrga ko’chirish mumkin. Ammo eski o’zbek yozuvida bo’g’in ko’chirish mumkin emas. Agar satr oxiridagi so’zni shu satrga sig’dirish mumkin bo’lmasa uni butunlay ikkinchi satrga yozish kerak bo’ladi. Satr ochiq qolmasligi uchun so’zning oxirgi harflarini cho’zibroq yoziladi.
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kolletktiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
Qo`shimcha adabiyotlar:
1. O.Nosirov, M.Yusupov Eski o`zbek tili va yozuvidan amaliy mashg`ulotlar. 1990 y.
2. Juvonmardiyev A. Harflar raqamlarga aylanganda. Toshkent, 1966
3. Juvonmardiyev A. Harflar va raqam. Toshkent, 1971
4. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha tavsiyalar. Toshkent, 1989
5. Imomxo`jayev R. Umarov I. Arab – o`zbek yozuvi. Toshkent, 1993
6. Shukurov Sh. Alif va uning vazifalari. O`zbek tili va adabiyoti, 1990, 5-son
7. Habibullo Solih. Alifbo. Toshkent, 1989
Do'stlaringiz bilan baham: |