Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
Alif harfi yozilish shakllarini 4 qatordan mashq qilib yozing.
Alif harfining qo’shilib yoziladigan shakllariga misollar yozing
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
alif ( ) harfi 2 xil ko’rinishga ega
So`z boshida kelganda alif ( ) harfi: turkcha – o`zbekcha so`zlarda a, e o`qiladi
o`zlashma (arab, fors) so`zlarida a, a, i, e, u o`qiladi
(alif) so`z boshida madd belgisi bilan kelganda ( آ ) o harfini ifodalaydi.
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kolletktiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
Qo`shimcha adabiyotlar:
1. O.Nosirov, M.Yusupov Eski o`zbek tili va yozuvidan amaliy mashg`ulotlar. 1990 y.
2. Juvonmardiyev A. Harflar raqamlarga aylanganda. Toshkent, 1966
3. Juvonmardiyev A. Harflar va raqam. Toshkent, 1971
4. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha tavsiyalar. Toshkent, 1989
5. Imomxo`jayev R. Umarov I. Arab – o`zbek yozuvi. Toshkent, 1993
6. Shukurov Sh. Alif va uning vazifalari. O`zbek tili va adabiyoti, 1990, 5-son
7. Habibullo Solih. Alifbo. Toshkent, 1989
Mavzu: “ ﺏ “ shaklidagi harflari va ularning xususiyatlari”
Darsning maqsadi: Talabalarga yuqoridagi harflarning yozilish shakllari va o`qilishi haqida ma'lumot berish.
REJA:
1. ﺏ o`zakli harflarning bosma va yozma shakllari.
2. Harfning so`z boshida, o`rtasida va oxirida kelishi.
3. Ushbu harflar ishtirokida so`z yozish.
ﺐ (be) harfi portlovchi undoshni ifodalaydi. Har ikki tomondan qo`shiladi. Satr chizig`ida yoziladi, 4 xil ko`rinishda keladi:
ﺐ (be) harfining yozma va bosma ko`rinishlari orasida deyarli farq yo`q. Yozma shakllari ba'zan bir oz cho`ziqroq yoziladi:
ﭗ (pe) harfi forslar tomonidan kiritilgan harf. O`zbek tilida “p” jarangsiz undoshini ifodalaydi. Satr chizig`ida yoziladi, nuqtalari pastga qo`yiladi. Har ikkala tomondan qo`shiladi, 4 xil ko`rinishda keladi:
Yozma shaklda harfning uch nuqtasi ko`pincha kattaroq bir nuqta shaklda, ba'zi qo’lyozmalarda quyidagicha yozib ketiladi:
Eslatma: Yozma yodgorliklarning aksariyatida p tovushi ishtirok etgan so`zlarda emas ﺐ (be) harfi yozib ketilishi ko`zga tashlanadi.
ﺖ (te) harfi o`zbek tilidagi “t” tovushiga muvofiq keladi. Har ikkala tomondan qo`shiladi. Satr chizig`ida yoziladi. Qo`lyozma asarlarda ikki nuqtasi kichik chiziqcha bilan ham yoziladi:
Ba'zi manbalarda te harfi so`z o`rtasida kelsa, uning nuqtalari yonma-yon emas, balki ustma-ust qo`yib ketilishi ham kuzatiladi:
ﺖ (te) harfi so`z oxirida kelgan arabcha so`zlarda sal boshqacharoq ifodalanadi, ya'ni hoyi havvaz harfi yozilib, uning ustiga ikkita nuqta qo`yiladi:
hikmat
ﺖ harfi ham 4 xil shaklda keladi, nuqtalari 2 ta bo`lib harfning ustiga qo`yiladi:
ﺚ (se) harfi arabcha so`zlarga xos. Tish oralig`i “s” tovushini ifodalaydi. Eski o`zbek tiliga faqat arab tilidan o`tgan so`zlardagina ishlatiladi. Har ikkala tomondan bog`lanadi, 4 xil shaklda keladi:
Yozma shaklda ﺚ harfining uch nuqtasi quyidagi tarzda ham ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |