O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Eski o’zbek yozuvi va sharq tillari kursining maqsad va vazifalari talabada ilmiy axborot bilan ishlash ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirish, o’qish, yozish, arab imlosidagi qo’lyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni o’qishga, ulardan o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan axborotlarni olishga o’rgatish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olishlariga erishish talabalarni arab yozuvi asosidagi eski o’zbek yozuvini yozish va o`qishga o’rgatish;- eski o’zbek tilida yaratilgan yozma yodgorliklar matnini qiynalmasdan o`qish ko`nikmalarini shakllantirish;- eski o’zbek yozuvining o’ziga xos xususiyatlarini egallash;- bu yozuvni o’rta darajadagi xattot darajasida yoza olish;- matnlarni sharhlab o’qish;- matnshunoslik va manbashunoslik haqida dastlabki ma’lumotlarni olish.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
Talabaga arab-fors tillaridagi imlo qoidalari, so’z yasalishi, o’zak va u orqali so’zlarni topa bilishi, arab imlosidagi matnni bemalol o’qish
Matnni tarjima va tabdil qila olishi,
O’zbek tili tarkibidagi arab va fors so’zlarini tahlil qila olishi
Arab va fors tillari i fonetikasi, grafikasi, sodda yig’iq, sodda yoyiq gaplar izofiy birikmalar, ayrim fe’l shakllarini o’zlashtirish.
Arab va fors tillari tili normativ grammatikasini o’zlash tirish.
Og’zaki va yozma tarjimalar ko’nikmasini mustahkamlash.
Klassik til xususiyatlari bilan tanishtirish. kabi talablar qo’yiladi.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Mazkur fan oliy ta’limning bakalavriat bosqichi tarix yo’nalishida o’qitilayotgan “Arxivshunoslik” “Ma’naviyat asoslari” “Dinshunoslik” “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyasi beshigi” “Toponimika” “Geraldika” “Numizmatika” “Tarixiy atamashunoslik” kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |