Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Isloh qilingan eski o’zbek yozuvi (2 soat)


Download 0.64 Mb.
bet9/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

2.2.10.Isloh qilingan eski o’zbek yozuvi (2 soat).
Isloh qilingan eski o’zbek yozuvi Qo’lyozma asarlarga xos yozuv usullari. Isloh qilingan eski o’zbek yozuvi va uning imlosi. Arab grafikasi asosidagi eski o’zbek yozuvining isloh qilinishi tarixi, uning “Chig’atoy gurungi” tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi, yutuq va kamchiliklari. Unli tovushlarni ifoda qiluvchi harflar, undosh tovushlarni ifoda qiluvchi harflar, arab so’zlaridagi undosh harflar taqdiri, harakatlar taqdiri, raqamlar islohi.
20-yillar matbuoti matnlarini o’qish va ko’chirib yozish.
Eski o’zbek yozuvida nashr qilinayotgan hozirgi o’zbek matbuoti tilining imlo xususiyatlari. Eski o’zbek yozuvida nashr qilinayotgan matbuotlar, ularda o’zbekcha (turkiy) so’zlar va qo’shimchalar imlosi, forscha-tojikcha va arabcha so’zlar imlosi, ular imlosida amal qilinayotgan tamoyillar (printsiplar), matbuot tilining savodxonligi. Transliteratsiya va husnixat.Eski o’zbek tilida tinish belgilari. Tinish belgilarining XX asrning 2-yarmida o’zbek matnlarida qo’llana boshlashi, ungacha, ya’ni qadimgi turkiy va eski o’zbek tilida tinish belgilari emas, ajratish belgilarining qo’llanganligi. Eski o’zbek yozuvida qo’llanadigan tinish belgilari va ularning yozilishi qo’llanishiga oid mashqlar.
Abdusamatov M. «Fors tili» T.1977. 36-40. 45-51 betlar.
Xalilov L. «Fors tili» T. 1992. 20-24 bet
Jumaniyozov R. Eski o’zbek tili va yozuvi .T .1989.56-69betlar.
2.2.11. Matn ustida ishlash.. (4 soat).
Talabalarni matn ustida ishlashga o’rgatish, lug’at bilan ishlash malakasini hosil qilish, yozma va og’zaki savodxonligini oshirish matnni to’g’ri o’qitish, lug’at bilan ishlash asosida matnni tarjima qilish, matn yuzasidan savollar tuzish va savollarga javob berish, yangi so’zlar ishtirokida gaplar tuzish. Darslikda berilgan topshiriqlarni bajartirish.
1. Abdusamatov M. «Fors tili» T.1977. 101-107-betlar.
2. Xalilov L. «Fors tili» T. 1992. 65-72 betlar


2.2.12 Fors-arab tillari(2 soat).
Fors tili va uning eroniy tillari orasida tutgan o’rni, fors tilining taraqqiyot davrlari haqida ma’lumot berish.
Fors-arab yozuvining ayrim xususiyatlari, fors tili o’qitishning muhim ahamiyati.
1. Abdusamatov M. «Fors tili» T.1977. 36-40. 45-51 betlar.
2. Xalilov L. «Fors tili» T. 1992. 20-24 bet



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling