Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013
Download 0.64 Mb.
|
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua
So’z boshi
Ushbu dastur eski o’zbek yozuvining tizimiy qurilish birliklari tavsifi bilan bog’liq lisoniy imkoniyatlar va nutqiy voqealanishlarni, ularning o’zaro munosabati masalalarini qamrab oladi. Arab alifbosi asosidagi o`zbek turkiy yozuvi 1300 yil davomida iste’molda bo`lib kelganligi barchaga ma’lum. Bu yozuv milliy qadriyatlarimiz belgilaridan biridir istiqlolni kutib olgan “Davlat tili to`g`risidagi qonun”da bu yozuv milliy qadriyatlarimizga aylanib qolganligi o`z ifodasini to`g`ri topgan va uning 16-moddasida eski o`zbek yozuvini o`rganishga davlat ahamiyati berilgan. Bu qonun eski o`zbek yozuvini oliy o`quv yurtlarida, o`rta maxsus o`quv yurtlarida, maktablarda ommaviy ravishda o`qitilishi lozimligini hamda shu sohada mutaxassislar tayyorlash ishida jiddiy etibor berilishini kun tartibiga qo`ydi. Shu qonunning ijrosi sifatida pedagogika oliy ta'lim muassasalarining filologiya, tarix yo`nalishlari o`quv rejalaridan “Eski o`zbek tili va yozuvi” kursi o`rin oldi. Bu tadbirlar O`zbekitson Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining 1990 yil 16 apreldagi 122-sonli buyrug`iga asosan amalga oshirildi. Shuni aytish lozimki, ko`rsatilgan bakalavriat yo`nalishlari namunaviy o`quv rejalarida “Eski o`zbek tili va yozuvi” kursi soatlari xilma-xil bo`lsa-da, ushbu dasturdagi mazmun uchinchi (joriy) o`quv dasturida moslashgan holda rejalashtirilishi lozim bo`ladi. Bu dastur hozirga qadar e'lon qilingan dasturlardan farqli tomonlarga ega. Ya'ni biz ko`p yillik tajribani hisobga olib harf o`rgatish qismida alifbo tartibini emas, balki bu yozuvni tezroq va osonroq o`rgatish hamda o`rganishni ko`zda tutgan tartibni saqladik. Dastur mufradot, murakkabot, imlo, eski o`zbek yozuvi bilan bog`liq boshqa masalalarni, matnni izohli o`qish matnshunoslik va manbashunoslikni ham o`z ichiga oladi. Eski o`zbek yozuvi matnlari to asrimizning 20-yillariga qadar bo`lgan katta davrda asosan qo`lyozmalardan iborat bo`lganligi barchaga ma'lum. Mustaqil ta'lim uchun alohida daftar tutiladi. Mustaqil ta'lim oddiy matnni ko`chirishdan iborat emas, balki bu ish jarayoni nasx va nastaliq xatida yozilgan qo`lyozma asarni eski o`zbek yozuvining barcha qoidalariga amal qilgan holda ko`chirish asosida amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat bo`ladi: 1. Qo`lyozma asari (matn) tanlab olinib, u dastlab o`qib chiqiladi. Bu jarayon mustaqil bajariladi va o`qituvchi oldida o`qib beriladi. Matndagi o`qilishi qiyin so`zlar, jumlalar o`qituvchi rahbarligi asosida amalga oshiriladi. 2. Talaba o`zi uchun tushinilishi qiyin bo`lgan so`zlarning lug`atini tayyorlaydi. Bunda, ayniqsa, so`zning matndagi ma'nosiga urg`u berilishi kerak. 3. Matn qirqma qalam (ruchka) da husnixat talablariga rioya qilingan holda ko`chiriladi. 4. Eski o`zbek yozuvidagi matn hozirgi o`zbek yozuviga ag`dariladi. Bu ishda avvalo eski o`zbek yozuvidagi matn, so`ng hozirgi o`zbek yozuvidagi matn va lug`at tartibi saqlanishi kerak. Mustaqil ta'lim joriy nazorat bilan birga har darsda baholanadi. “Eski o`zbek tili va yozuvi” sof laboratoriya kursi bo`lganligi uchun kundalik joriy nazorat bilan birga yozma nazorat (kontrol) ishlari ham o`tkazilib, tahlil qilib borilishi albatta zarur. Mavzuning aksariyati uchun umumiy bo`lgan barcha o`rinlarda takrorlashga zaruriyat qoldirmaslik maqsadida ayrim masalalarga to`xtalishni lozim topamiz. Har bir harfning yozilishini o`rgatishda ularning yozuvidagi barcha ko`rinishlarga, ya'ni so`z boshida, so`z o`rtasida, oxirida va yolg`iz holda yozilishiga, harfning qo`shib yozilishi masalalariga, qo`lyozmadagi o`ziga xos xususiyatlariga ahamiyat berish lozim bo`ladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling