Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet41/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

Muhokama uchun savollar:

1. ﮎ kof harfini ta’riflab bering.


2. ﮒ gof harfi haqida so`zlab bering.
3. Qo`lyozma asarlarda ushbu harflar qanday holatda uchraydi?


Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) O`zingiz mustaqil ravishda gof va kof harflari ishtirok etuvchi so`zlardan topib yozing.
2) Kof bilan gof harflarining alif va lom bilan birikmasini uch qatordan ko`chirib yozing.
3) Lug`atdan kof va gof harflari so`zning turli o`rinlarida kelgan so`zlarni topib arab alifbosida yozing.
Mavzu: “ (lom), (mim) va (nun) harflarining yozilishi va o`qilishi”


Darsning maqsadi: Talabalarni ﻝ (lom), (mim) va (nun) harflarning yozilishi va o`qilishi bilan tanishtirish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uy vazifasini so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
REJA:
1. ﻝ (lom), (mim) va (nun) harflarining batafsil tavsifi.
2. Bosma va yozma shakllari.
3. Lug`at ustida ishlash.
ﻝ (lom) harfi o`zbek tilidagi “l” harfiga mos keladi. Har ikki tomondan qo`shiladi. 4 xil ko`rinishda keladi: ﻠﻟﻞ ﻝ
Bu harfning yakka holati hamda so`z oxiridagi ko`rinishi satr satr chizig`idan pastga tushirib yoziladi. Bosma xat turida lom harfi alif bilan bog`langan holatda yozma nusxadagi ko`rinishlari ﻝ dan farq qiladi. Unda lom hamda alif harflari bog`lanish o`rnida ﻣ (mim) harfiga o`xshash dumaloq shakl hosil bo`ladi: ﻻ (lo)
ﻢ (mim) harfi o`zbek tilidagi “m” harfini ifodalaydi. Har ikki tomondan qo`shiladi. 4 xil shaklga ega: ﻢ ﻤﻣﻢ
Mimning alohida ﻢ hamda so`z oxiridagi shakllari satr chizig`idan pastga tushirib yoziladi.
Mim harfining bosma va yozma shakllarida unchalik farq yo`q. Bosmada
ﻢ mimning dumaloq qismi siyoh Bilan chaplanmasdan mitti doiracha shaklida yoziladi. Yozmada esa siyoh bilan chaplanib yoziladi. Qo`lyozmalarda ko`pincha mim harfi bir tomondan qo`shiluvchi harflarning ustiga mingashtirib yoziladi:
ﺣﺮﻢ haram, ﺘﺎﻢ tom
ﻦ (nun) harfi o`zbek tilidagi “n” tovushini ifodalaydi. Har ikkala tomondan qo`shiladi. 4 xil shaklga ega: ﻦ ﻨﻧﻦ
Ushbu harfning mustaqil holatdagi va so`z oxiridagi ko`rinishlari satr chizig`idan tushirib yoziladi. ﻦ ﻧﻦ
Hattotlar nun harfini turli xil shakllarda bitganlar. So`z oxirida kelganda yoy shaklida yozilib, ustiga bir nuqta qo`yiladi:
ﻦ - n, ﺪﺍﻦ - dan
Ba’zi hollarda nunning nuqtasi harfning asosiy qismiga qo`shilib yoziladi: - chin ﭼﻴﻦ

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling