Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi
Download 1.47 Mb.
|
Majmua O\'rta Osiyo
1. Eng qadimgi geomorfologik yarus bu, tog‘larning suvayirg‘ich-qirra yoki yuzalari bo‘lib, ular qadimgi qoldiq denudatsion yuzalardir. Ularning mutloq balandligi har xil bo‘lib: g‘arbiy chekkasida 2200-2600m gacha va 2800, 3400-4000m gacha etadi. YArus tog‘ tizmalarining vertikal kesimida eng yuqori balandlikni egallab, ular tog‘ massivlarining eng qadimgi yalang‘ochlangan tayanchi hamdir.
Hozirgi vaqtdagi relefning eng xarakterli xususiyatlaridan biri-bosh tizmaning yon tomonlarida yumshoq baland va ba’zan yaxshi saqlanib qolgan tekislangan uchastkalardir. Umuman olganda, suvayirg‘ich-qirra yon ko‘rinishga ega bo‘lib, faqat ohaktoshlardan tuzilgan joylarda keng davonlar va qadimgi tekislangan yuzalar bilan bo‘lingan. Bu yarusning relefi mutloq balandlik va qaysi tog‘ jinsidan tuzilganligiga qarab, har xil tog‘ massivlarida o‘ziga xos xususiyatga egadir. Masalan, CHumqortog‘ tizmasida yarus ikkiga: g‘arbda Oybodom davoni bilan chegaralangan serqiya relefga ega bo‘lgan 2800-3400 m iutlaq balandlikda joylashgan, sharqiy qismi esa nisbatan past gipsometrik yuzaga (2000-2600m) ega bo‘lgan va yuqori silur slanetslaridan tuzilgan qadimgi tekisliklar yaxshi saqlanib qolgan g‘arbiy qismga bo‘linadi. Molguzor tizmasida tog‘ning suv ayirg‘ich qirrasi inson borishi qiyin bo‘lgan tor qoyali (o‘rta va sharqiy qismlari ohaktoshlaridan tuzilgan) va qadimgi tekislangan yuzalardan (slanetsdan tuzilgan joylarda) iborat. Slanets tog‘ jinslaridan tuzilgan joylarida yarusning qirra yonlarida har xil kattalikdagi suv yig‘uvchi voronkalar tashkil topgan. 2. Tik yon-bag‘irli o‘rtacha balandlikdagi yarus, yuqorida aytib o‘tilgan yarusdan pastda joylashib, tog‘larning tik antiklinal burmali qanotlariga to‘g‘ri keladi. Bu yarus yuqori tomon ko‘tarilgan juda ko‘p sonli ikkinchi darajali tog‘ tarmoqlari bo‘lib, ko‘ndalang chuqur daralar va soylar bilan bo‘lingan. YArusning mutloq balandligi masalan, CHumqortog‘ tizmasida 1800 m dan 2200-2600 m gacha, Molguzar tizmasining sharqiy qismida 1200 m dan 1800 m gacha etadi. Tog‘ning tik yon-bag‘irda o‘rtacha balandlikdagi yarus juda keskin va kuchli emirilganligi bilan farq qiladi. Emirilish jarayoni ayniqsa ko‘tarilayotgan harakatning faollashgan davriga va muzlik vaqtiga to‘g‘ri keladi. Daryo va kichik daryolarning tub tog‘ jinslarini chuqur o‘yib (kesib) borishi hozirgi vaqtda ham tik yon-bag‘irli yarusda ushbu jarayonning davom etayotganligidan guvohlik beradi. Tik yon-bag‘irli o‘rtacha balandlikdagi yarus asosan ko‘ndalang daryolar va ularning irmoqlari bilan parchalangan. SHu bilan birga daryolarning emirish (erozion) faoliyati, tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlariga, joyning bazis eroziyasining balandligiga, hamda, har xil yonbag‘irlardagi atmosfera yog‘inlarining miqdoriga bog‘liq. Daryo vodiylari va ularning irmoqlarining vodiylari bu yarusning asosiy xarakterli relef shakllaridir. Ko‘ndalang daryo vodiylar ko‘pincha tor, yoki chuqur daryolardan iborat bo‘lib, ularda terrasalar yo‘q. Asosiy va ikkinchi darajali daryo vodiylari, yaruslari ko‘pincha har xil kattalikdagi xarsang toshlar bilan qoplangan. Ikkinchi darajali ko‘ndalang meridian yo‘nalishda yo‘nalgan tog‘ tizmalarining suvayirg‘ich qirralari asosan tor, ayrim joylarda tekislangan. Molguzor tog‘ massivining janubiy yon-bag‘irlarida ularning eni 100 metrga etadi. Suv yig‘uvchi voronkalarning ko‘lami 30-60 m gacha bo‘lib, asosan, ikkinchi darajali yontizmalarning bevosita suv ayirg‘ich qirralarida joylashib, hamma joyda yon- bag‘irlarining juda tikligi bilan ajralib turadi. Bu yarusning yana eng xarakterli relef shakllaridan biri, soylar deb ataluvchi jarlik tipiga kiruvchi tik tushgan chuqur va tor vodiylardir. Soy deb ataluvchi bu relef shakli odatda ikkinchi darajali tog‘ tizmalarining qirrasidan boshlanadi. Tik yon-bag‘irli o‘rtacha balandlikdagi yarus masalan, CHumqortog‘ tizmasining shimoliy yon-bag‘irda uch qismga bo‘linadi: 1) g‘arbiy tik emirilishi 400 m gacha bo‘lib, yon-bag‘irlarning tikligi 25-300; ko‘ndalang chuqur daryo vodiylari bilan kesilgan; 2) markaziy qismi; g‘arbda Jarbuloq, sharqiy tomonda – Baxmalzarsoy daryolari bilan chegaralanadi. Bu erda tog‘ yon bag‘rlari juda chuqur (650 m gacha) bo‘lgan daralar bilan kesilib, ular yon-bag‘irlarining tikligi 400 hatto undan ham yuqori daryo vodiylari ko‘pgina yalang‘och, tosh sochilmalari bilan qoplangan; 3) sharqiy qismi Baxmalzarsoy bilan Jontiq daryolari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, yon-bag‘irning tik emirilishining (kesilishining) chuqurligi 500-600 m gacha etadi. Soy vodiylari yon-bag‘irlarining tikligi 350 gacha etadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling