Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet2/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАР

I.1. МАъРУЗА МАВЗУЛАРИ БЎЙИЧА ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ


1-mavzu: Fanning o’rganish obʻekti, maqsadi va vazifalari va o’rganilish tarixi
Reja:

  1. O‘rta Osiyoning geografik o‘rni va chegaralari

  2. O‘rta Osiyo tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari

  3. O‘rta Osiyo tabiiy sharoitini o‘rganilish tarixi

  4. O‘rta Osiyo relefini o‘rganilishi

  5. Mustaqillik davrida O‘rta Osiyo tabiati haqidagi bilimlarning rivojlanishi



Asosiy tushuncha va iboralar: Markaziy Osiyo va O‘rta Osiyo, tabiiy – geografik va siyosiy – ma’muriy chegaralanish, tabiat zonasi,iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar, suv va suv resurslari, suvayirg‘ich, geotizim, tizma, botiq, cho‘kma, tog‘ tuguni, qalqon, plato, plita, yassi tog‘, sertepa tekislik, daryo o‘zani, daryo vodiysi, tog‘oraliq vodiysi, tog‘ oraliq botiqlari.


1- savol bayoni: O‘rta Osiyoning geografik o‘rni va chegaralari. Yer kurrasi faqat o‘ziga xos rang-baranglikni mujassamlashtirgan turfa qismlardan iborat. Xududiy jihatdan turlicha kattalikdagi bu qismlar tarixan tarkib topgan muayyan geografik chegaralarga ega.
O‘rta Osiyo Evroosiyoning tarkibiy qismidir. Geograflar uzoq yillar davomida bu materikni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirib O‘rta Osiyo va O‘rta Osiyo tushunchalarining xududiy chegaralarini aniqlashga harakat qilganlar.
Juda uzoq tarixiy geologik rivojlanish davomida takrorlanmas tabiiy— xududiy hosila tarzida shakllangan O‘rta Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Evroosiyo materiganing o‘rtasida, g‘arbda Kaspiy dengizidan, sharqda to Savr tog‘larigacha, shimolda 53 — 54° shimoliy kenglikdan janubda Xindiqush, Safedkuq, Bandi-Turkiston, Turkman — Xurosan Nishonur, Elburs tog‘ tizmalari suvayrig‘ichlari orasidagi yopiq xavzada joylashgan bo‘lib, O‘rta dengiz bo‘yidagi iliq mo‘‘tadil va subtropik tabiatli mamlakatlar kengliklarida yotadi. O‘rta Osiyoning g‘arbiy chegarasi Elburs tog‘ining 54° 15- sharqiy uzoqlik qismidan boshlanib Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlari orqali Mang‘ishloq qo‘ltig‘iga qadar davom etadi. So‘ngra chegara shimol tomon yo‘nalib Ustyurtning shimoliy — g‘arbiy chinki bilan Ungistov, CHorray platosti, Chuchqa va Mug‘ojar tog‘lari orqali Ural daryosiga tutashib Magnitagorsk havzasiga (geotizim tamoyiliga ko‘ra Ural — Turg‘ay daryolari suvayirg‘ichidagi Ozernыy qishloqlariga) qadar boradi. G‘arbiy chegaraning umumiy uzunligi 2600 km (geotizim tamoyiliga ko‘ra — 2350 km), shundan 900 km Kaspiy dengizi qirg‘oqlariga to‘g‘ri keladi. Lekin chegaraning shimoliy — g‘arbiy qismini ayrim darzlik va ilmiy adabiyotlarda gox, Ural, gox Emba daryolari (sharqiy Evropa platformasi bilan Turon platformasi chegarasiga to‘g‘ri keladi) orqali o‘tkazilganini ham ta’kidlash lozim.
O‘rta Osiyoning shimoliy chegarsi haqida 3 xil mulohaza mavjud. Birinchi mulohazaga ko‘ra O‘rta Osiyoing shimoliy chegarasi Qozog‘iston past tog‘larining janubiy etaklari orqali o‘tadi Ikkinchi mulohazaga ko‘ra Qozog‘iston past tog‘laridagi Orol —Ob suvayirg‘ichiga mos keladi. Uchinchi fikrga binoan chegara Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy etaklari orqali o‘tadi.
Fikrimizcha, O‘rta Osiyoning shimoliy chegarasini o‘tkazishda ikki xil nuqtai nazar bo‘yicha yondashish lozim. Agar geosistema (geotizim) konsepsiyasi asosida yondoshilsa, O‘rta Osiyoning shimoliy chegarasi SHimoliy Muz okeani bilan Orol, Balxash havzasi orasidagi suvayirg‘ich chizig‘idan o‘tkazilishi kerak. Bu chegara Markaziy Qozog‘iston yassi tog‘ligidagi suv ayirg‘ichga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi tomondan paleogeografik taxlil qilinsa uni yaxlit holda O‘rta Osiyo o‘lkasi tarkibiga kiritish lozim bo‘ladi, U xolda O‘rta Osiyoing shimoliy chegarasi G‘arbiy Sibir tabiiy-geografik o‘lkasining janubiy chegarasiga to‘g‘ri keladi va 200 m li gorizontal buylab o‘tadi. Lekin tabiiy geografik jihatdan, ayniqsa tuproq va o‘simlik zonalarining chegaralari, yillik yog‘in miqdori (250 mm) va uning yilning issiq faslida taqsimlanishi (200 mm), iqlim ayirgach — «Voeykov o‘qi» kabi omillarni hisobga olsaq Qozog‘iston yassi tog‘ligining shimoliy yonbag‘ri (yarmi) ko‘proq O‘rta Osiyo tabiatiga emas, balki g‘arbiy Sibir tabiiy-geografik o‘lkasining janubiy qismlari tabiatiga o‘xshab ketadi, (masalan, kashtan tuproqli chimli o‘tloq, quruq landshaftlari kuproq g‘arbiy Sibirga xosdir).
Fikrimizcha O‘rta Osiyo tabiiy— geografik o‘lkasini shimoliy chegarasini Orol—Irtish suvayirg‘ichidan o‘tkazilsa to‘g‘ri bo‘ladi Bu geosistema konsepsiyasi nuqtai nazaridan to‘g‘ri yondoshuv bo‘lib, munozaraga barham beradi. Bu chegara g‘arbda Ozyornыy qishlogidan (51° shim.kengliq 61° sharqiy uzoqlik) sharqda Tarbagatoy tizmasining sharqiy qismidagi Joir tog‘iga (47° shimoliy kengliq 85° sharqiy uzunlik) borib taqaladi. Chegaraning uzunligi 1900 km.
O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkaning sharqiy chegarasi haqida mulohaza olib borishdan oldin «O‘rta Osiyo» tushunchasining keng tarqalgan ikki talqini manosini, mazmunini tushunib olishimiz lozim. Birinchisi — keng ma’nodagi talqinga ko‘ra. Osiyoning berk havza qismidagi juda katta maydonlari (taxminan 5,4 mln. kv.km.) O‘rta Osiyo nomi bilan yuritilgan. Lekin bu xudud keyinchalik bir necha bo‘laklarga: Sharqiy, G‘arbiy va Janubiy O‘rta Osiyoga bo‘lingan. Jumladan, CHor Rossiyasi O‘rta Osiyoni g‘arbini bosib olgandan so‘ng, Sharqiy O‘rta Osiyo — Xitoy O‘rta Osiyoni, G‘arbiy O‘rta Osiyo esa Rossiya O‘rta Osiyoni, shuningdeq Janubiy O‘rta Osiyo — Afgoniston O‘rta Osiyoni deb ataladigan bo‘ldi.
Ikkinchi – tor (asl) ma’noda olinganda esa O‘rta Osiyo chegaralari G‘arbiy va Janubiy O‘rta Osiyo (O‘rta Osiyo) xududi chegarasiga to‘g‘ri keladi.
Sharqiy va G‘arbiy O‘rta Osiyo o‘rtasidagi chegara ham munozaralidir. Bu chegara to‘g‘risidagi fikrlar XIX asrdagi siyosiy voqealar tufayli sun’iy ravishda o‘zgarib turgan. Uni ham geosistema tamoyili va tabiiy geografik sharoitning xususiyatlaridan kelib chikib o‘tkazish lozim.
Fikrimizcha, eng maqbuli — chegarani Pomir, Tyanshan, Jungoriya Olatovu va Tarbogotoy tog‘ tizmalari suv ayirg‘ichlari orqali o‘tkizishdir. Bu chegara Kaspiy —Orol — Balxash berk xavzasi chegarasiga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi O‘rta Osiyoiing sharqiy va g‘arbiy chegarasi (iqtisodiy geografik jihatdan) O‘rta Osiyo respublikalari ma’muriy chegaralari doirisidagina ko‘rilmoqda. Bunday yondashuvni faqat o‘lkashunoslik nutqtai-nazaridan to‘g‘ri deb hisoblash mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ba’zi tabiiy geograflar Tyanshan va Pomirning (mas. SHarqiy Pomirni) ayrim qismlarini Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi doirasiga kiritadilar. Bunda Pomir hamda Tyanshanning sharqiy qismlarini Markaziy Osiyo tabiati ta’sirida ekanligiga, unga o‘xshashligiga asoslanadilar.
Biz O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi deganda asl O‘rta Osiyoni ya’ni g‘arbiy va janubiy O‘rta Osiyoni tushunamiz va bu o‘lkaning sharqiy chegarasi Savr, SHarqiy Jungoriya, Jungoriya, Boroxoro, Iren — Xabirga, Norat, Xoliqtog‘ tizmalari suv ayirg‘ichlari Xontangri tog‘ tuguni
Kukshagal, Otboshi tizmalari suvayirg‘ichi orqali o‘tib Farg‘ona tizmasiga tutashadi, so‘ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko‘l tizmasi buylab o‘tib, Xindiqush tog‘lariga tutashadi. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining janubiy chegarasi geosistema yondashuviga ko‘ra Muztogdan (SHingshal davonidan-4832m) boshlanib sharqdan g‘arbga Xindiqush, Safedko‘h, Nishonur tizmalari suvayirg‘ichi buylab o‘tib, Elburs tog‘i orqali Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi.
O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining yuqorida ko‘rilgan chegara ichidagi maydoni – 3300000 kv.km atrofidadir.(keng ma’nodagi O‘rta Osiyo maydoni – 5320000 kv km.)
Biz yashab kelayotgan O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi xududini Xanuzgacha turli geografik nomlar («Markaziy Osiyo mamlakatlari», «O‘rta Osiyo» va «O‘rta Osiyo») bilan atalishi ancha chalkashlarga sabab bulmoada.
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keng ishlatilib kelinayotgan «O‘rta Osiyo» va «O‘rta Osiyo» tushunchalari aslida bir ma’no Xamda deyarli bir xil geografik kulamda bo‘lib, bir —birining muqobili bo‘lib kelgan. Biron, ilgari O‘rta Osiyo ko‘proq ishlatilib, O‘rta Osiyo tushunchasi 1924 yili suniy milliy davlat chegaralanishidan so‘nggina qullanila boshlandi O‘rta Osiyo atamasining ilk bor ishlatilmshi 639 yilga to‘g‘ri keladi. Amir Temur o‘zining tuzuklarida «Biz kim, mulki Turon, amiri O‘rta Osiyoimiz...», ulug‘ xazrat Axmad YAssaviy «Tuvdan erim ul muborak O‘rta Osiyodir.» deb yozganlar. Demaq O‘rta Osiyo atamasi o‘tmishdan olim va fozillar, xamda RUS. Evropa va shuro tarixchi, geograf, sharqshunos olimlari tomonidan xam ishlatilib kelingan. SHularni xamda O‘rta Osiyoni turkiy xalqlar o‘lkasi, arealining markazi ekanligini Xisobga olsak hozirgi paytda matbuot saxifalarida ishlatilayotgan «O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari xududi» atamalarining o‘rniga («O‘rta Osiyo geografik o‘lkasi» ma’nosida) «O‘rta Osiyo» atamasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu tarixiy xakiqatta, ilmiy geografik tamoyilga, milliy mustaqillik va uzligimizni tanish ruxiga mos keladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling