Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


-savol bayoni: O‘rta Osiyo tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.47 Mb.
bet3/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

2-savol bayoni: O‘rta Osiyo tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘rta Osiyo juda katta ichki o‘lkalir. U Yevroosiyo materigining markazida subtropik mintaqaning cho‘l, mo‘tadil mintaqaning cho‘l, chala cho‘l va dasht zonalarida, subtropik iqlimli O‘rta dengiz bo‘yi malakatlari kengligida joylashgan. Ammo O‘rta Osiyo tabiiy sharoiti O‘rta dengiz bo‘yi mamlakatlarinikidan farq qiladi, chunki O‘rta Osiyo okean va ochiq dengizlardan juda uzoqda, iliq hind okeaniga yaqin tursa xam o‘rtada baland Himalay — Paropomiz tog‘lari bo‘lgani uchun uning ta’siridan baxramand emas, uning iliq nam xavo massalari etib kelmaydi. Aksincha ancha olisda joylashgan SHimoliy Muz okeanining kuruk va sovuq xavo massalari O‘rta Osiyo shimolida tabiiy to‘siq baland toklar bo‘lmaganligi uchun xam bemalol kirib keladi. Xuddi shu sababli xam Atlantika okeani va O‘rta dengizi xam o‘lka tabiatiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyo xududi ichki o‘lka bo‘lganligidan tipik kontinental iklimli o‘lkalar qatoriga kiradi. Uning asosiy qismi mo‘‘tadil, janubiy qismi subtropik iklim mintaqalarida joylashgan. Mo‘‘tadil mintaqadagi xududi qurg‘oqchilligi, qishning ancha sovuqligi subtropikdagisi esa yozning Kuruqligi, issiqligi, qishning esa nisbatan iliqligi bilan ajralib turadi. O‘lkada asosan chala cho‘l, cho‘l, voxa va tog‘ landshaftlari xukumdordir. Iqlimida o‘ziga xos keskinliklar mavjud. CHo‘llarda yog‘in miqdori 70 — 80 mm dan tog‘larda 1000 mm gacha boradi. qishda shimoliy —sharqiy qismida 50° li sovuqlar yozda janubida 50°li jazirama issiqlar kuzatiladi.
O‘rta Osiyo xududi berk xavzadan, ya’ni «oqimsiz oblastdan» iborat Bu o‘lkada daryolarning birortasi xam ochiq dengizlarga etib borolmaydi va ular bilan bog‘lanmaydi, bu daryolar o‘lka ichidagi ko‘llarga quyiladi., yoki chala cho‘l va cho‘llarda qurib tugab qoladi. Demak O‘rta Osiyo ko‘llari va tekisliklari eroziya bazislaridir. O‘lkaning ayrim qismlari xaR xil balandlikda yotgan bir qancha ichki eroziya bazislariga ega. Bular Kaspiy( — 25m), Orol (37m), Balxash (340m), Issiq kul (1607,6m), Labnor (780m).
O‘rta Osiyo o‘lkasining yana muxim xususiyatlaridan biri uning er yuzasining o‘ziga xoslikdir. O‘lka xududi kelib chiqishi va yoshiga ko‘ra murakkab relefga ega bo‘lib, u katta tekislik va pastliklardan (ayrim qismlari dengiz yuzasidan pastda joylashgan — Kaspiy bo‘yida —25m, Koragiyo (Botir ) botig‘i — 132m, Sariqamsh botgi —54m) plato va qirlardan, adirlar va doimiy-qor va muzliklar bilan qoplanib yotgan baland (6000 — 7000m.dan baland) tog‘lardan iborat. O‘rta Osiyo xududida tekislik va tog‘lar bir tekisda joylashgan emas. Janubiy, shimoliy — sharqini tog‘lar ishg‘ol qilgan bo‘lsa, ulardan g‘arbda, shimoliy g‘arbda va shimolda pasttekisliq plato va qirlar joylashgan va ular o‘lka maydonining 80 % tashkil etadi. Tog‘ sistemalari uzlarining uzun tarmoqlari bilan O‘rta Osiyoning tekislik qismiga yorib kirib uning tabiiy sharoitini shakllanishida muxim rol uynaydilar. Xindiqush, Paronomiz va boshqa o‘lka janubidagi tog‘lar orografik tusiq rolini uynab O‘rta Osiyoni tipik subtropik iqlimiga ega bo‘lgan janubiy Osiyoning ichki qismlaridan ajratib turadi O‘lkaning shimoli va shimoli —g‘arbi tekisliklardan iborat bo‘lganligi uchun g‘arbdan nam, iliq shamollar, shimoldan sovuq quruq shamollar bemalol kirib kela oladi.
O‘lka o‘ziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos keladigan balandlik mintaqalarining mavjudligi bilan ajralib turadi.
O‘lka — tektonik faol va kuchli zilzila rayoni, tog‘ relefining yoshligi bilan xarakterlanadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling