Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi
Download 1.47 Mb.
|
Majmua O\'rta Osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu: O‘rta Osiyo relʻefi. Reja: O‘rta Osiyo tog‘li qismining relefi O‘rta Osiyo tekislik qismining relefi
- 1-savol bayoni: O‘rta Osiyo tog‘li qismining relefi.
Nazorat savollari:
O‘rta Osiyo hududinining qaysi qismida kembriy davri yotqqiziqlari uchuraydi? O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi eng keng tarqalgan yotqiziqlar qaysi davrga tegishli? Markaziy Qizilqumdagi tog‘lar qaysi geologik davrda shakllangan ? O‘rta Osiyoning qaysi qismlarda hamon tog‘ ko‘tarilish jarayonlari davom etmoqda? 3-mavzu: O‘rta Osiyo relʻefi. Reja: O‘rta Osiyo tog‘li qismining relefi O‘rta Osiyo tekislik qismining relefi Asosiy tushuncha va iboralar: suvayirg‘ich, geotizim, tizma, botiq, cho‘kma, tog‘ tuguni, qalqon, plato, plita, yassi tog‘, sertepa tekislik, daryo o‘zani, daryo vodiysi, tog‘oraliq vodiysi, tog‘ oraliq botiqlari. 1-savol bayoni: O‘rta Osiyo tog‘li qismining relefi. O‘rta Osiyo tog‘li qismining relefi bevosita Alp burmalanishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning hozirgi qiyofasini turli tektonik harakatlar belgilaydi. Mashhur olim K.I.Gerenchuk (1960) aytganidek bu erda to‘g‘ri tektonik omil («pryamaya orotektonika») juda yaqqol ko‘rinadi. YA’ni antiklinallarga – tog‘ tizmalari, sinklinallarga - cho‘kmalar va vodiylar kiradi. Boshqacha qilib aytganda mintaqa tektonik tuzilishi relefining rivojlanishini belgilaydi. Bu erda yangi tektonik harakatlar neogenning oxiridan boshlanib (hozir ham davom etmoqda), tog‘ tizmalarining intensiv ko‘tarilishi va tog‘ oralig‘idagi cho‘kmalar o‘rtasidagi balandliklar farqining ko‘payishi, suv eroziyasining (emirilish materialarning depressiyalarga chiqarishini) jonlanishiga imkon beradi. To‘rtlamchi davrning plyuvial vaqti (1937 yilda I.P.Gerasimov tomonidan aniqlangan), tog‘ massivlari relefining parchalanishida muhim rol o‘ynab tog‘ tizmalarining chekka qismlarini emiradi, suv ayirg‘ichdagi qoldiq-denudatsion yuzalarni buzadi. SHuning uchun qadimgi tekislangan yuzalar, rayonning tog‘ qismida uncha katta bo‘lmagan parchasimon (fragmentlar) shaklda saqlanib qolgan. Plyuvial davrda g‘ovak materiallar tog‘lardan suv oqimlari orqali tog‘li zonalardan tashqariga chiqarib tashlanib, tog‘ oralig‘i va tog‘ oldi depressiyalarida to‘planadi. Bunga neogen va to‘rtlamchi davr yotqiziqlarining tog‘ oldi rayonlarini to‘ldirgan g‘ovak jinslarning qalinligi guvohlik beradi. Masalan, Sangzor daryosining vodiysida neogen va to‘rtlamchi davr tog‘ jinslari yotqiziqlarining umumiy qalinligi 300m dan oshib ketadi. Kontinental rejim boshlangandan buyon hozirga qadar eroziya, tektonik harakatlarning kuchayishini va sekinlashishini belgilab bordi. Neotektonik harakatlar eroziya bilan birga bordi, ya’ni, suvayirg‘ich bilan bazis eroziyasi o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, eroziya ham shuncha intensiv bo‘ladi. Bu holni esa, relefning siklik rivojlanishi misolida ko‘rish mumkin, u tog‘ yon-bag‘irlaridagi qator tik ustunlar va daryo vodiylari bo‘ylab hosil bo‘lgan terassalar ifodasidir. Tektonik harakatlar natijasida qadimgi tekisliklar (denudatsion tekisliklar) CHumqortog‘da 3400 m, Molguzor tog‘larida esa – 2600 m gacha ko‘tarilgan. To‘rtlamchi davrning har xil eralarida (epoxalarda) (Toshkent kompleksi, Sirdaryo kompleksi va hokazolar) tektonik harakatlar faollashib va sekinlashib turdi. Bu vaqtlarda, ya’ni tektonik harakatlar sekinlashganda daryo vodiylari lyossimon materiallar bilan to‘ladi, tog‘ yon-bag‘irlarida denudatsion tekisliklar hosil bo‘ladi. Tektonik harakatlar faollashgan vaqtda esa, boshqa geomorfologik jarayonlar kuzatiladi. Ana shu geomorfologik jarayonlar natijasida daryo vodiylarida bir-biridan yoshi va relef shakllarning xarakteri bir-biridan farq qiluvchi geomorfologik komplekslar hosil bo‘lgan. Eng qadimgi ko‘tarilgan uchastkalar 3000m balandlikka ko‘tarilgan, eng yosh relef komplekslari esa, daryo o‘zanlarining yonida joylashadi. Natijada, O‘rta Osiyo tog‘lari atrofidagi tekisliklar qator zinapoyasimon pag‘onalar bilan tutashadi. Har bir alohida zinapoyalar, ma’lum kompleks relef xususiyatiga ega bo‘lgan vertikal yaruslardir (poyaslar), ya’ni ular geomorfologik yaruslardir. Relefning vertikal yarusligi (vertikal poyasligi) bu erda, avvalo, ko‘tarilma ya’ni, tektonik harakatlar va joyning geologik tuzilishi bilan belgilanadi. Tektonik hodisalar shu bilan bir vaqtda iqlimning vertikal zonal bo‘lishiga sabab bo‘lib, u esa o‘z navbatida, relef hosil qiluvchi ekzogen jarayonlarning notekis tarqalishi farq qilishi bilan bog‘liq. Relef va iqlimning vertikal farq qilishi gidrotermik sharoitning har xil bo‘lishiga va tuproq - o‘simlik qoplamining almashishiga olib kelgan. Tektonik harakatlar, er osti suvlarining qaytadan tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Masalan A.A.YUrev (1961) fikricha, to‘rtlamchi davrning o‘rtasiga (Toshkent kompleksi) qadar Sangzor daryosi Zarafshon daryosining irmog‘i bo‘lgan. Keyinchalik, qo‘shni hudud - Mirzacho‘lning kuchli cho‘kib ketishi, Sangzar daryosining Sirdaryo havzasi tomon burilib ketishiga sabab bo‘lgan. SHunday qilib, yuqoridagi keltirilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: Alp burmalanishining boshlanishi bilan barcha tog‘larning ko‘tarilishi sodir bo‘lgan. Keyinchalik relefning rivojlanishi kontinental iqlim sharoitda va ko‘tarilib borayotgan tog‘ning kuchli emirilishi bilan birga bordi. Demak, O‘rta Osiyo tog‘laridagi hozirgi vaqtdagi mavjud bo‘lgan relef, shu hudud geologik sharoitining o‘zgarishiga muvofiq keladigan murakkab rivojlanish tarixini o‘zida aks ettiradi. Tog‘ relefining rivojlanishi hozir ham davom etmoqda. Bugungi davrda tog‘ relefining rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadigan omil insonning xo‘jalik faoliyati hisoblanadi. SHunday qilib, butun O‘rta Osiyo tog‘lariga xos va umumiy bo‘lgan relef qonuniyati shundan iboratki, tog‘ massivlarining cho‘qqilardan boshlab daryo vodiysiga qarab, tog‘ tizmalarining yon-bag‘irlarida ularning yo‘nalishi bo‘yicha qamrab olgan va balandlik pog‘onalari bo‘yicha polosa shaklida joylashgan bir qancha geomorfologik yaruslar kuzatiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling