Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi
-savol bayoni: O‘rta Osiyo tekislik qismining relefi
Download 1.47 Mb.
|
Majmua O\'rta Osiyo
2-savol bayoni: O‘rta Osiyo tekislik qismining relefi. Turon past-tekisligining asosiy relef elementlari tektonik tuzilmalar bilan bevosita bog‘liq. O‘rta Osiyo tog‘li qismini, Turon pasttekisligidan tog‘ oldi tekisliklari qiyaligi tufayli ajratib turadi. Tog‘ oldi qiya tekisliklar genetik jihatdan bevosita tog‘lar bilan bog‘liq bo‘lsada, er usti tuzilishining xarakteri o‘zining mutlaq va nisbiy balandliklari bilan bevosita tekislik oblasti bilan bog‘liq. Qiya tekisliklar (yoki tog‘ oldi tekisliklari), tog‘li oblastlarni uncha keng bo‘lmagan polosa bilan o‘rab, Turon pasttekisligiga qarab katta qiyalik bilan tushadi. Bu tekisliklarning yuzasi to‘lqinsimon xarakterga ega bo‘lib, ularning balandligi konussimon chiqindilar shakliga to‘g‘ri keladi. Tog‘ oldi tekisliklari asosan prolyuvial va delyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Tektonik tuzilishi jihatdan tog‘ oldi tekisliklari, tog‘ oldi qiyaliklarining tog‘ tomonga qaragan ichki qismini egallaydi. Tog‘ oldi tekisliklarining tuzilishida, ayniqsa, tog‘ yon-bag‘irlariga tutash qismida lyossli tog‘ jinslari keng tarqalgandir.
O‘rta Osiyoda lyosslarining kelib chiqishi haqida ko‘pgina gipotezalar mavjud. Akademik V.A.Obruchev lyosslarning kelib chiqishi haqidagi o‘zining nazariyasini ham birinchi marotaba O‘rta Osiyoni tekshirganda, ya’ni Kopettog‘ning tog‘ oldi tekisliklarining lyossli qoplamlarini o‘rganish asnosida yaratgan edi. O‘rta Osiyo tog‘ oldi tekisliklarida keng tarqalgan lyossli jinslarni maxsus o‘rgangan akademik G‘.A.Mavlonov uning kelib chiqishi haqidagi o‘zining mukammal nazariyasini yaratdi. Bu nazariyani G‘.A.Mavlonov 1958 yilda nashr etgan «O‘rta Osiyo lyoss va lyossimon tog‘ jinslarining genetik tiplari» nomli monografiyasida batafsil tushuntirib beradi. Hozirgi vaqtda akademik G‘.A.Mavlonovning lyosslarning kelib chiqishi nazariyasini ko‘pchilik mutaxassis olimlar ma’qullaydilar. O‘rta Osiyoning tekislik qismi relefining asosiy xususiyatlarini tahlil qilib shuni aytish mumkinki, eng avvalo relef tuzilishida ikkita balandlik pog‘onalari ko‘zga tashlanadi: 1. Pastki pog‘ona, mutlaqo kontinental kelib chiqishga ega bo‘lgan, g‘ovak qumli va glinali yotqiziqlardan tuzilgan bo‘lib, biz ta’riflayotgan hududning katta qismini egallaydi; 2. YUqori pog‘ona, qumli tekisliklarga nisbatan ancha baland bo‘lib, Ustyurt va uning janub va janubi-g‘arbdan tutash bo‘lgan ancha murakkab yuza tuzilishga ega va asosan uchlamchi va mezazoy dengiz yotqiziqlaridan tuzilgan tekisliklarni egallaydi. Kontinental yotqiziqlardan tuzilgan tekisliklar Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida bo‘lib, ular quruq o‘zanlar va cho‘kmalar bilan parchalangandir. Qumli tekisliklar, asosan to‘rtlamchi davrda O‘rta Osiyo tog‘larida bo‘lib o‘tgan qadimgi muzlik davridagi sersuv daryolarning tog‘li oblastlardan emirib kelgan yotqiziqlari asosida paydo bo‘lgan. Bu jarayonni akademik I.P.Gerasimov o‘zining 1937 yil nashr etgan «Hozirgi Turon tekisligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari» kitobida batafsil tushuntirib bergan edi. Kontinental yotqiziqlardan tuzilgan qumli tekisliklarda, yuqoridagi aytganimizdek, qadimda Amudaryo, Sirdaryo va uning irmoqlari «migratsiyasi», ya’ni borib-qaytishi oqibatida juda ko‘p «izlar» qoldirgan. Bularga Uzboy, Kelif Uzboyi, Jinnidaryo, Aydar – Arnasoy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Tekislik uchun xos bo‘lgan relef shakllaridan yana biri – barxanlardir. Barxan shaklidagi relef formalari Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida keng tarqalgan. Unda Barxanlarning balandligi 10 m dan 30-40 m gacha etadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, barxanlar odatda, ko‘p hollarda quduqlar va aholi yashaydigan joylar atrofida uchraydi. CHunki bu erlarda qumni qoplab turuvchi o‘simliklarning yo‘q qilinishi qum harakatlarini faollashtirib yuborgan. Qumli tekisliklarda juda katta maydonlarda qumli barxanlar bir-biriga qo‘shilib o‘z navbatida barxan zanjirlarini hosil qilgan. Qumli jinslardan tuzilgan tekisliklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, qadimgi paleozoy fundamentining «orol» shaklida chiqib qolgan past qoldiq tog‘laridir. Ana shu tog‘lardan biri, Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Sulton Uvays tog‘idir. Bu tog‘ning baland joyi 485 metr bo‘lib u g‘arbdan-sharqqa qarab cho‘zilib, uning janubiy yon-bag‘irlari quruq soylar bilan kesilgan qumli tekislikdan iborat. Qizilqum cho‘li markazida qad ko‘tarib turgan qoldiq tog‘larga misol qilib: Tomditog‘ (922 m), Quljuqtog‘ (874 m), Ovminzatog‘ (639 m), Aristantog‘ (693 m), Bukontog‘ (764 m) va boshqalarni aytish mumkin. Bu qoldiq tog‘larda fizik nurash jarayoni juda kuchli kechadi. SHuning uchun ular kuchli emirilgan. Keyingi vaqtlarda bu erda nodir metal (oltin va boshqalar) konlarining topilishi natijasida inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri kuchayib bormoqda. Masalan, Tomditog‘dan oltin qazib olish natijasida tog‘ jinslari karerlaridan chiqarib tashlangan, chiqindilarning umumiy maydoni 3 km3 ga tengdir. Kontinental yotqiziqlardan tuzilgan tekisliklarning yana bir o‘ziga xos xususiyatlardan biri katta va kichik maydonni egallagan botiqlarning mavjudligidir. Unga misol qilib Sariqqamish, Mingbuloq, Oyoqog‘itma, Qoraxotin va boshqa cho‘kmalarni aytish mumkin. Ularning umumiy ko‘rinishi har xil, ba’zilarining shakli doirasimon, ayrimlariniki esa cho‘zinchoq. YUqorida aytib o‘tilgan botiqlar tagi (tubi) yuzasining mutlaq balandligi juda past, ayrimlarining, masalan, Mingbuloq botig‘i dengiz sathidan 18 m pastda joylashgan. Botiqlarning kattaligi har xil bo‘lib bir necha km2dan yuzlab km2 ga etadi. Mingbuloq botig‘ining uzunligi 60 km, kengligi 10-15 km etadi. Dengiz yotqiziqlaridan tuzilgan tekisliklar kontinental yotqiziqlardan tuzilgan tekisliklardan farq qiladi, bu ikkinchi balandlik pog‘onasi hisoblanib, asosan neogen davrining dengiz yotqiziqlaridan tuzilgan, birinchi pog‘ona yaqqol ko‘rinib turgan tik jarliklar bilan tutashadi. Tik jarliklar chizig‘i Orol dengizi g‘arbiy qirg‘og‘i bilan, Ustyurtni aylanib o‘tib, Qorabo‘g‘ozgo‘l, Katta Balxan, Krasnovodsk platosi bilan aylanib o‘tib, Kaspiy dengiziga chiqadi. Bu pog‘onaning shimoliy chegarasi Qozog‘iston chegarasida joylashgan. Ikkinchi pog‘onaning ancha qismi tekis bo‘lib kam parchalangan, ular 150-200 m balandlikda yotadi. Masalan Ustyurtning markaziy qismini keng va tekis to‘lqinsimon balandlik egallab, u 400 km ga cho‘ziladi. Bu (balandlikning) Janubiy – SHarq tomon bo‘linishi – Qorabaur nomi bilan atalib absalyut balandligi 286 m ni tashkil qiladi. Ustyurt platosining eng xarakterli relef shakllaridan biri bu «CHink»dir. CHink, Ustyurt platosini boshqa hududlardan ajratib turuvchi tik jarlik bo‘lib, u 80-100 metrgacha (nisbiy balandligi), balandlikdan tik tushadi. CHink kabi relef shakli faqat Ustyurt platosi uchun xosdir. Ustyurt platosida, shuningdek uncha katta bo‘lmagan cho‘kmalar ham uchraydi. Ular sho‘rxoklar bilan band. Bulardan biri Borsa-kelmas botig‘i bo‘lib hisoblanadi. Borsa-kelmas botig‘ining tagi sho‘r va qum bilan qoplangan. O‘rta Osiyoning eng baland cho‘qqisi qaysi tizmada joylashgan va balandligi qancha? O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining eng past nuqtasi qaerda joylashgan va u dengiz sathidan qancha pastda joylashgan? SHimoliy Tyanshan tog‘ sistemasiga kiruvchi tizmalarni ko‘rsating? O‘rta Osiyoning Janubiy qismida joylashgan tog‘ oraliq vodiysi qanday ahamiyatga ega? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling