Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


-savol bayoni: O‘rta Osiyoning iqlimi


Download 1.47 Mb.
bet19/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

2-savol bayoni: O‘rta Osiyoning iqlimi. Mashhur iqlimshunos olim B.A.Alisovning (1956) iqlim klassifikatsiyasi bo‘yicha, O‘rta Osiyo subtropik mintaqaning shimoliy chegarasida joylashgandir. L.N.Babushkinning (1961) fikricha, O‘rta Osiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uni subtropik iqlimning kontinental variantiga mansub ekanligidan darak berib turadi. O‘rta Osiyo subtropik kengliklarning shimoliy chegarasida joylashishi, uni juda katta miqdorda issiqlik olishini ta’minlaydi. SHu tufayli yozda Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda shimolda 71-720, janubda 760 balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turadi. Qishda O‘zbekiston shimolida quyosh 210, janubida esa 300 burchak hosil qiladi. SHuning uchun ham iqlimning eng muhim xususiyatlaridan biri katta miqdorda quyosh radiatsiyasi olishga bog‘liq bo‘ladi. O‘rta Osiyo iqlimining umumiy sharoitlari (havoning yuqori haroratda bo‘lishi, issiqlik davrining uzoq vaqt davom etishi, yoz faslining quruq kelishi) xuddi shu radiatsion omil bilan belgilanadi. Yiliga O‘rta Osiyo hududining shimoliy qismlari Quyoshdan 120 kkal sm2 energiya olsa, janubiy qismlarida energiya miqdori 160 kkal sm2 etadi (1-jadval).
Gorizontal yuzaga (kkal/sm2) tushadigan o‘rtacha oylik va yillik
quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori.

1-jadval


Stan-siyalar

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Yil-lik

Toshkent

4,8

6,5

8,9

13,1

18,0

19,3

19,4

17,2

13,5

9,4

5,5

3,7

139,3

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling