Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet22/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

O‘rta Osiyoning ko‘llari
O‘rta Osiyo hududidagi ko‘llarning umumiy soni 10 000 dan oshib ketadi. Ulardan 80% i tekisliklarda joylashgan. O‘rta Osiyoning tekislik qismidagi ko‘llar asosan yirik daryolar: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning qayirlarida joylashgan. Bu yirik daryolar suv toshqini vaqtida pastqam joylarda to‘planib kichik-kichik ko‘llarni hosil qilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda yuqoridagi daryolarning suvlari jilovlanib, suv omborlari qurilishi va daryolar suvlarining kamayib ketishi, hamda ko‘p joylarda daryo qayirlarining o‘zlashtirishi natijasida mavjud bo‘lgan tabiiy ko‘llar qariyib yo‘q bo‘lib ketdi. Ikkinchi gruppa ko‘llar, yuzlab suv havzalari Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish qismida, ya’ni deltasida tarqalgan edi. Lekin Orol dengiziining qurishi va Amudaryo hamda Sirdaryodan kelayotgan suvlarning keskin kamayishi, daryolar deltasidagi ko‘llarning yo‘q bo‘lishiga olib keldi. Biroq ikkinchi tomondan inson xo‘jalik faoliyati ta’siri, ya’ni sug‘oriladigan maydonlarning kengayishi oqibatida, aniqrog‘i sug‘oriladigan maydonlardan chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan yuzlab ko‘llar paydo bo‘ldi. Bu ko‘llar 1960 yillardan keyin daryo suvlarini qayta taqsimlash, suv melioratsiyasining avj olib ketishi, ko‘plab gidrotexnik inshootlarning qurilishi tufayli vujudga keldi. Sariqqamish, Aydar, Arnosoy, Dengizko‘l, SHo‘rko‘l va boshqa ko‘llar sug‘oriladigan erlardan chiqarib tashlangan zax suvlarning to‘planishi oqibatida paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda yuqoridagi nomi tilga olingan ko‘llardan rekreatsiya maqsadlarida va baliq ko‘paytirishda foydanilmoqda.
V.L.SHuls (1963) ma’lumoti bo‘yicha, O‘rta Osiyoning tog‘li qismida ham katta va kichik bo‘lgan 1000 ga yaqin ko‘llar bor. Tog‘ ko‘llari har xil mutlaq balandliklarda joylashib turlicha genezisga mansubdir. O‘rta Osiyoning tog‘li rayonlaridagi ko‘llar kelib chiqishi bo‘yicha quyidagi tiplarga bo‘linadi: 1.Tektonik ko‘llar. Er qobig‘ining murakkab hodisalari – yoriqlar, cho‘kmalar va tektonik pastqamlikda hosil bo‘lgan ko‘llar: Issiqko‘l va Qorako‘l; 2. Baland yassi tog‘larda pastqam relef joylarda drenajning yomonligi oqibatida hosil bo‘lgan ko‘llar. Bunga Norin daryosining yuqori qismida va Alichur daryosining vodiysida hosil bo‘lgan ko‘llar misol bo‘ladi. Odatda bunday ko‘llar uncha chuqur emas; 3. Morena ko‘llari, qadimgi muzliklar morenalarining daryo vodiylarini to‘sib qolish natijasida vujudga keladi. Morena ko‘llari, odatda yuqori balandliklarda, muzliklarning oxirgi qismida joylashib, ular uncha chuqur emas va maydoni ham kichik. Bu ko‘llarga misol qilib Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Molguzar, Iskandarko‘l va Panj daryosining yuqori qismidagi Zarko‘lni ko‘rsatish mumkin; 4.Bosib qolish, qulab tushish, surilish natijasida hosil bo‘lgan to‘g‘on ko‘llar. YOn-bag‘irlari tik va vodiylari tor bo‘lgan daryolarni er qimirlashi natijasida to‘sib qo‘yilishi oqibatida paydo bo‘lgan ko‘llar. To‘sib quyish natijasida hosil bo‘lgan ko‘llar, odatda chuqur bo‘lib, suvlari chuchukdir. Bunday genetik tipga ega bo‘lgan ko‘llarga misol qilib, Pomir tog‘laridagi Sarez va YAshilko‘lni ko‘rsatish mumkin; 5. Karst ko‘llari. Karst hodisalari rivojlangan tog‘li rayonlarda karst voronkalarining suv bilan to‘lib qolishi natijasida hosil bo‘ladi; 6. Sirk yoki qor ko‘llari. Qadimgi muzliklar keng tarqalgan rayonlarda, oziqlanish manba bo‘lgan katta chuqurliklar - sirklar keyingi vaqtlarda suv bilan to‘lib kichik – kichik ko‘llar hosil qilgan. Sirk yoki qor ko‘llari Tyanshan va Pomirda ko‘p uchraydi. Quyidagi jadvalda O‘rta Osiyo tog‘li qismidagi ayrim ko‘llarning morfologik ma’lumotlarini keltiramiz.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling