Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


O‘rta Osiyoning tog‘ ko‘llari


Download 1.47 Mb.
bet23/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

O‘rta Osiyoning tog‘ ko‘llari.



Ko‘lning

Nomi

Maydoni

km2 hisobida


Uzunligi km hisobida

Eng keng joyi km hisobida

O‘rtacha chuqurligi m hisobida

Suv hajmi
km3 hisobida

1.

Sonko‘l

292

33

17

-

-

2.

CHatirko‘l

195

23,5

11,7

-

-

3.

Qorako‘l

370,4

28,3

23,3

71,6

26,5 mlrd m3

4.

YAshilko‘l

48

24,6

3,6

-

-

5.

Sarez

88

61

3,4

-

17 mlrd m3

6.

Iskandarko‘l

4

3,3

2,9

-

0,2

O‘rta Osiyo tog‘ ko‘llaridan Issiqko‘l alohida, dunyo bo‘yicha ajralib turadi. Uning maydoni 6 206 km2 bo‘liib, eng uzun joyi 183 km va eng keng joyi 60 km, saqlayotgan suv hajmining massasi 1732 km3. Ko‘l suvining yuzasi 1623 m mutlaq balandlikda joylashgan. Issiqko‘l o‘zining ajoyib tabiati, shifobaxsh buloqlari va havosi (tog‘ va dengiz havosi birgalikda) bilan mashhurdir. Keyingi vaqtlarda Issiqko‘l xalqaro dam olish zonasiga aylantirilmoqda.
2-savol bayoni: O‘rta Osiyoning er osti suvlari. Er osti suvlarining hosil bo‘lishi va xususiyatlariga qarab, O‘rta Osiyoni uchta qismga ajratadilar: tog‘li, tog‘ oldi va tekislik. Tog‘li rayonlar atmosfera yog‘in-sochinlarining (yomg‘ir va qor suvlari) singishi, ya’ni er osti suvlarining to‘yinish oblasti bo‘lib xizmat qiladi. Tog‘ va tog‘ oldi tekislik rayonlari mutlaqo er osti suvlarini o‘tkazuvchi, tranzit qiluvchi rayon hisoblanadi. Juda katta hududlarni egallagan tekisliklar er osti suvlarining joylanishi va xususiyatlariga qarab ikki xil kategoriyaga bo‘linadi.
Birinchi kategoriya yoki tipga qum va gillardan tarkib topgan vodiy va allyuvial tekisliklardagi grunt suvlari kiradi. Bu tipdagi grunt suvlarning asosiy to‘yinish manbai uzoqdan keladigan tranzit suvlardir, unda mahalliy suvlarning roli uncha katta emas. Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, CHu, Talas, Murg‘ob vodiylari, Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi grunt suvlar shular jumlasidandir.
Ikkinchi tip qadimiy tekisliklarda yakka-yakka holda uchraydigan er osti havzalari suvlaridir. Biroq uzoqdan keladigan grunt suvi qatlamlararo suvni, shu jumladan artezan suvlarni hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Markaziy Farg‘ona, Qoraqum va Orol bo‘yi, Qizilqum cho‘llari, Qizilqumning markazi va janubi-g‘arbi, Ustyurt platosi shu tipga kiradi. Tog‘li rayonlardagi er osti suvlari ham bir necha tipdan iborat. Bu erdagi suvlar tog‘ jinslari darz ketgan yoriqlarda, er tomirlari kabi yoki karst hodisalari ro‘y bergan joylarda uchraydi. Ba’zan ikki tomondan suv o‘tkazmaydigan qatlam bilan to‘silgan qatlamlararo er osti suvlari bo‘ladi. Ular joylanish sharoitiga qarab bosimli va bosimsiz bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi tekisliklari, yoyilma konuslar va tog‘ oralig‘idagi yirik botiqlar yumshoq, g‘ovak jinslardan tarkib topganidan bu yotqiziqlar orasiga suv yaxshi singadi, bularning hammasi grunt suvlarini hosil qiladi. O‘rta Osiyo hududidagi er osti suvlarini joylanish sharoitiga qarab grunt, qatlamlar orasidagi, mineral hamda issiq suv bo‘lishi mumkin.
Grunt suvlari er yuzasiga yaqin joylashib, odatda birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlamning ustida to‘planadi. Grunt suvlari, atrofidagi rayonlardagi yog‘inlardan, daryo, ko‘l, hatto suv omborlaridan oziqlanadi. Grunt suvlari pastki qismidan suv o‘tkazmaydigan qatlamlarning ustida joylashib, yuqori qismida esa suv o‘tkazmaydigan jinslar yoki qatlamlar deyarli yo‘q. Grunt suvlari bosim kuchiga ega emas, ular faqat og‘irlik kuchi ta’sirida sizib yuradi. O‘lkaning tekislik qismidagi mineral suvlar tabiiy sharoitiga, ya’ni litologik tarkibi, relef sharoitiga bog‘liq holda tog‘ oldi va tekislik mintaqalarida tarqalgan. Tog‘ oldi mintaqasidagi grunt suvlari ham yog‘in-sochinlardan va yuqoridan, ya’ni tog‘lardan keladigan suvlardan oziqlanadi. Grunt suvlari tabiiy sharoitga, eng avvalo, relef sharoitiga bog‘liq holda siljish harakati tez bo‘lgan va siljish harakati sekin bo‘lgan zonalarga bo‘linadi. Odatda harakati tez bo‘lgan zonalar biroz nishablikda (qiyalikda) joylashib, g‘ovak saralanmagan allyuvial tog‘ jinslari orasidan o‘tadi. Bunga Zarafshon, Qashqadaryo va shu daryo vodiylarning yuqori qismida joylashgan er osti grunt suvlarini ko‘rsatish mumkin. Ushbu zonadagi suvlarning tarkibida tuzlar kam, shuning uchun tuproqlar ham sho‘rlanmaydi.
Grunt suvlarining silijishi sekin bo‘lgan zonalar odatda daryo vodiylarining quyi qismida tarqalgan bo‘lib, bu erda er yuzasining nishabligi sezilmaydi, eng muhimi ular saralangan zich lyossimon, gilli mayda tog‘ jinslaridan tuzilgan. SHuning uchun bu zonada er osti suvining harakati juda sekinlashadi va er osti suvining tarkibida tuzlar miqdori ko‘payib, sho‘rligi oshadi, oqibatda tuproq ham sho‘rlanadi. Bu tabiiy hodisa Zarafshon vodiysida yaxshi kuzatiladi. Tekislik mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog‘ va tog‘ oldi mintaqasidan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib chiqayotgan er osti suvlaridan to‘yinadi. Bu zonadagi grunt suvining bir erdan ikkinchi erga siljishi juda sekin boradi, bug‘lanish katta bo‘ladi. SHuning uchun ushbu grunt suvlarining tarkibida natriy, xlor va boshqa ko‘p tuzlar uchraydi. SHuning uchun, tekislik cho‘l mintaqasidagi grunt suvlari ko‘p hollarda ichishga yaroqli emas. Bunday gurunt suvlari Qizilqum, Ustyurt va boshqa hududlarda keng tarqalgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling