Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Sug‘oriladigan sur-qo‘ng‘ir tusli


Download 1.47 Mb.
bet26/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Sug‘oriladigan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar Malik va Qarshi cho‘lida, Amudaryoning o‘rta va quyi oqimlari hamda Turkistonning janubiy – g‘arbiy qismidagi tog‘ etaklarida va boshqa joylarda uchraydi. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda chirindi miqdori juda kam, ko‘p hollarda tuproqning ustki qismida kalsiy karbonat, pastki qismida gips to‘planadi. Masalan Qarnab cho‘lidagi sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning 20-30 sm chuqurlik qismidan gips gorizonti boshlanadi.
Qumli cho‘l tuproqlar, qum massivlari orasida tarqalgan. Asosiy keng tarqalgan rayonlar Qizilqum va Qoraqum cho‘llaridir. Bu tuproqlarning yuza qismi 8-10 sm gacha sochilma qumlardan iborat bo‘lib o‘simlik ildizlari bu erda shoxlanmaydi. Strukturali gorizont 8-12 sm da joylashgan bo‘lib, unda o‘simlik ildizlari shoxlanmaydi va sur rangdagi dog‘lar uchraydi. Qumli cho‘l tuproqlarda chirindi va ozuqa moddalar kam. CHirindi miqdori 0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikka tegishli agrotexnika tadbirlarini qo‘llash orqali uning unumdorligini oshirib foydalanish mumkin. Qumli cho‘l tuproqlarida chirindiga aylanadigan bir yillik o‘simlik qoldiqlari 372 g/m2 ni tashkil etishiga qaramasdan chirindi kam, chunki bu tuproqlarda biologik jarayonlar juda tezlik bilan o‘tadi. O‘simlik qoldiqlarining chirishi faqat bahor oylarida (mart-aprel) namlik va issiqlik munosabati etarli bo‘lgan vaqtda sodir bo‘ladi. Boshqa vaqtlarda harorat juda yuqori bo‘lishi tufayli, namlik etishmaydi.
Taqir tuproqlar. O‘rta Osiyoning tog‘ oldi tekisliklarida, daryo vodiylari va deltalarida, shuningdek qum oralig‘idagi pasttekislik maydonlarida, qadimgi allyuvial tekisliklarda taqir tuproqlar uchraydi. Taqir tuproqlarning katta maydonlari Amudaryo, Qashqadaryo deltalarida, Murg‘ob va Tejan havzalarida, Sirdaryoning o‘rta qismida va Kopettog‘ tog‘ oldi qiya tekisliklarida joylashgan. Tuproq ona jinsi turli xildagi yotqiziqlar bo‘lib, ko‘pchiligini loyli qumloqli xarakterdagi yotqiziqlar tashkil etadi. Bu tuproq tipining o‘simlik qoplami qariyib yo‘q, shuning uchun unda chimli gorizontlar hosil bo‘lmaydi. CHirindiga aylanadigan bir yillik o‘simlik qoplamlari 1082 g/m2 ni tashkil etadi. Taqirli tuproqlar paydo bo‘lish sharoitiga qarab, o‘tloqli – taqirli, qoldiq chirindili, tipik taqirli, shuningdek sho‘rlanish darajasiga qarab sho‘rlanmagan, sho‘rxoksimon va sho‘rtobsimon taqir tuproqlarga bo‘linadi.
Taqir tuproqlarda chirindi qatlamining umumiy qalinligi 20-30 sm ga boradi, chirindi 0,5-1,0% ni tashkil etadi, ayrim allyuvial - o‘tloqli – taqir tuproqlarda 1,2-1,5% gacha boradi, azot 0,02-0,07%, fosfor 0,15% va kaliy 2% gacha bo‘ladi. SHo‘rlangan taqir tuproqlarda sho‘rlanish darajasi 0,3-2,0% orasida bo‘ladi. Taqir tuproqlarda sug‘orib dehqonchilik qilish mumkin, bunda taqir kabi qalin qotqoloq paydo bo‘lmaydi, unumdorligini oshirish uchun bir qator agrotexnik choralarni amalga oshirish lozim. Jumladan tuproq tarkibini vujudga keltirish, qotqoloqni yo‘qotishga qarshi ishlov berish, sho‘rlangan erlarni yuvish va qayta sho‘rlanishni oldini olish, nam to‘plash uchun yaxob berish va boshqa chora-tadbirlar.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling