Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Allyuvial o‘tloq tuproqlar


Download 1.47 Mb.
bet28/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Allyuvial o‘tloq tuproqlar – daryo vodiylarida, odatda ikkinchi va uchinchi terrassalarida tarqalgan. Allyuvial o‘tloq tuproqlar botqoq tuproqlardan farq qilib, allyuvial o‘tloq tuproqlarning ona jinsi – allyuvial yotqiziqlar 2-3 metrdan 8-10 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda yotadi. Allyuvial o‘tloq tuproqlarning ona jinsi faqat allyuvial shag‘al toshlardan iborat bo‘lmasdan, glinali, lyossimon tog‘ jinslardan ham iborat bo‘ladi, allyuvial o‘tloq tuproqlarning chimli gorizontida gumus miqdori 2-3% dan oshmaydi. SHuni aytish kerakki, daryo vodiylarining juda katta maydonlarida allyuvial o‘tloq tuproqlar o‘zlashtirilib, madaniy sug‘oriladigan tuproqlarga aylangan. CHunki kishilarning ming yillab tuproqni sug‘orib, har xil o‘g‘itlar solib, ishlov berishi uning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirib yuborgan. Bunday tuproq turlariga voha-o‘tloq tuproqlari kiradi. «Voha» tuproqlari ko‘p asrlik sug‘orish, har xil o‘g‘itlar solish natijasida kuchli o‘zgarib ketgan. Masalan, Zarafshon daryosining o‘rta qismidagi sug‘oriladigan maydonlarga daryo suvi har yili 1 mm qalinlikda yotqiziqlar olib keladi. Natijada ikki ming yildan buyon sug‘oriladigan dalalarga keltirilgan yotqiziqlarning qalinligi 2 metrga etadi. SHunday qilib, voha tuproqlarida yangi agroirrigatsion gorizontlar paydo bo‘lgan. Bu agroirrigatsion gorizontlarning qalinligi, sug‘oriladigan erlarning sug‘orish «yoshiga» qarab har xil bo‘ladi, ya’ni bir necha 10 sm dan 2-2,5 metr gacha etadi. SHunday qilib sug‘oriladigan tuproqlar inson xo‘jalik faoliyati orqali kuchli o‘zgarib ketgan.
2-savol bayoni: Tuproqlarning balandlik mintaqalanishi bo’yicha tarqalishi.
Bo‘z tuproq. O‘rta Osiyoning tog‘ va tog‘ oldi tekisliklarida asosan bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bu tuproq tipi tog‘ etaklari bo‘ylab cho‘zilib ketgan lyossli tekisliklarda juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, tog‘li o‘lkalarning tuproqlaridan hisoblanadi va tog‘ yon-bag‘irlaridagi eng quyi tuproq mintaqasini tashkil etadi. Bu mintaqada pastdan yuqoriga tomon iqlim sharoitning o‘zgarishiga ko‘ra eng past erlarda och tusli bo‘z tuproq, undan balandlikda tipik bo‘z tuproq, yuqori chegarasida esa to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Umuman bo‘z tuproqlar 300-500 metrdan 1200-1400 metrgacha balandliklarda uchraydi, ular karbonatli tuproq bo‘lib, uning hamma qatlamida ozmi-ko‘pmi karbonat uchraydi, lekin eng ko‘pi 100-140 sm chuqurlik orasida bo‘ladi. Bu hol tuproq unumdorligini oshiradi. Bo‘z tuproqlarda chirindi tuproqning ustki qatlamida to‘planadi va bu qatlamning qalinligi 15-18 sm ga boradi. Gurunt suvi chuqurda yotganligi uchun tipik va to‘q tusli bu tuproqlar deyarli sho‘rlanmagan bo‘ladi. Och tusli bo‘z tuproqlar gurunt suvi yuzaga yaqin bo‘lgan erlarda darhol sho‘rlanib, sho‘rxoksimon bo‘z tuproqlarga, ba’zan esa sho‘rxoklarga aylanadi. Bo‘z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling