Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi
O‘rta Osiyoning togʻ qismi hayvonot dunyosi
Download 1.47 Mb.
|
Majmua O\'rta Osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ balandlik
2. O‘rta Osiyoning togʻ qismi hayvonot dunyosi. Adir mintaqasining hayvonlari cho‘l hayvonlaridan farq qiladi. CHunki adir mintaqasida yozgi harorat pasayadi, aksincha, yog‘in miqdori ortadi, oqibat natijada o‘simliklar zich bo‘lib o‘sib, bo‘yi baland bo‘ladi. SHuni ta’kidlash kerakki, cho‘lga xos bo‘lgan ba’zi turlar (cho‘l toshbaqasi, kaltakesakning ayrim turlari, sariq ilon, yumronqoziq va boshqalar) adir mintaqasining quyi qismida ham yashaydi. Adir mintaqasida sutemizuvchilardan tulki, bo‘ri, quyon, sariq sassiqko‘zon, Turkiston kalamushi kabilar yashaydi. Turkiston agamasi, sariq ilon, chipor ilon, ko‘lvor ilon (gyurza), Turkiston kobrasi va boshqalar yashaydi. Bu mintaqada qushlar ko‘p bo‘lib, ularning eng muhimlari burgut, chil, kaklik, miqqiy, bedona, ko‘k qarg‘a, soch, ukki, dala chumchug‘i, qirg‘iy, burgut, boltayutar, itolg‘a, so‘fito‘rg‘ay, boyo‘g‘li (boyqush) kabilar hisoblanadi.
Adir mintaqasining eng xarakterli hayvonlaridan biri Turkiston toshbaqasidir. Turkiston toshbaqasi lyossli va lyossimon tog‘ jinsi bilan qoplangan adirlarda yashab mart oyidan iyun oyigacha faol hayot kechiradi. YOzda issiq boshlanishi bilan erni kovlab, tuproqga ko‘milib uyquga ketadi. Toshbaqa uzoq yashab, odatda 10 yilda voyaga etib, so‘ngra ko‘paya (urchiy) boshlaydi. Bahorda urg‘ochi toshbaqa qazib qo‘ygan chuqurchasiga har gal 3-5 donadan 2-3 marta tuxum qo‘yadi. Oq, qattiq po‘stli tuxumdan 70-80 kun deganda yosh toshbaqachalar yorib chiqadi va er yuzasiga kelgusi yili (bir yildan so‘ng) bahorda chiqadi. Toshbaqaning go‘shti va tuxumini iste’mol qilish mumkin. Adir mintaqasi uchun xos bo‘lgan qushlardan biri – Burgutdir. U yirik va eng kuchli yirtqich qushlardan hisoblanib, qanotini yoyganda 2 m ga etadi. Oyoqlari panjalarigacha patli bo‘lishi bilan boshqa qushlardan farqlanadi. Tanasi bir xil jigar rang tusda bo‘ladi. Burgut ancha yirik o‘ljani – quyon, tulki, jayron, qo‘y, echkilarni ov qilishi mumkin. Hozir bu noyob qush «Qizil kitob»ga kirgan. Tog‘ balandlik mintaqasida, yoz salqin, namroq, qish sovuq, o‘simliklar, ayniqsa, daraxtlar ko‘p bo‘lgani uchun o‘ziga xos hayvonlar yashaydi. SHuni aytish kerakki, bu mintaqaning tabiiy sharoiti, ayniqsa, relefi murakkab bo‘lganligi uchun sudralib yuruvchilar kam uchraydi. Faqat onda-sonda Oloy tog‘ iloni, Himolay va Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, Turkiston kalamushi, oq sichqon, oq suvsar, tog‘ suvsari, qunduz, o‘rmon olmaxoni, ko‘rshapalak; yirik sut emizuvchilardan qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, monul qoplon, yovvoyi qo‘y – alqar, burmali tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri bo‘rsiq, quyon va boshqalar uchraydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, qumri, kaklik, zarg‘aldoq, boltatumshuq, bulbul, tog‘ chumchug‘i kabilar yashaydi. Subalp va Alp mintaqasi, ya’ni yaylov balandlik mintaqasi o‘ziga xos murakkab tabiiy-geografik sharoitiga ega. YOzi qisqa, salqin, qish sovuq va davomli, o‘simliklar qoplami siyrak va daraxtlari yo‘q. Nival doimiy qor va muz mintaqasiga tutash. Bu mintaqaning tipik kemiruvchisi qizil sug‘urdir. Ular 2000-4500 m balandlikda to‘p-to‘p bo‘lib yashaydi va o‘z hayotining ko‘p qismini uyquda o‘tkazadi. Umuman olganda bu mintaqada hayvon turlari ko‘p emas. O‘rta Osiyoning daryo vodiylari va deltalarida shu sharotiga moslashgan hayvonlar yashaydi. To‘qayzorlarda o‘ziga xos hayvonlar, eng xarakterlisi – tustovuqdir. SHuni aytish kerakki, keyingi vaqtlarda to‘qayzorlar maydoni keskin kamayib bormoqda. O‘rta Osiyoning suv hayvonlarida (suv omborlari, kanallarda) baliqlarning 70 dan ortiq turi yashaydi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling