YAylov (baland tog‘) mintaqasi 2700-2800 m balandliklardan boshlanadi va abadiy qorliklar zonasigacha davom etadi. U ikki kichik mintaqa; quyi yaylov (subalp) va yuqori yaylov (alp) ga bo‘linadi. Subalp o‘tloqlari o‘simliklari tog‘ mintaqasi o‘tloqlaridan bo‘yi birmuncha pastligi bilan farqlanadi. Subalp o‘tloqlari nisbatan tuproq yaxshi rivojlangan, namgarchilik joylarda vujudga kelib, qo‘ng‘irbosh, mushukquyruq, yovvoyi arpa, yovvoyi suli, oq momiq, taran, pushti, biroz qurg‘oqchil joylarda chayir betaga, tikanli astragal butasi o‘sadi. YAylov balandlik mintaqasining yuqori qismida (3 500 yuqorida) alp o‘tloqlari uchraydi. Alp o‘tloqlari subalp o‘tloqlaridan past bo‘lib, er bag‘irlab o‘sishi bilan farqlanadi. Namgarchilik bo‘lgan erlarda to‘ng‘izsirt (kobreziya) o‘tining bir necha turlari, binafsha, qoqio‘t, yulduz o‘t, sariqayiqtovon, yovvoyi ko‘knori kabilar o‘sadi. Qurg‘ochil toshloq erlarda qaziltikan, toshyorar, astragal o‘simliklari uchraydi. Alp o‘tloqlari yuqori qismida doimiy qor va muz (nival) zonaga borib tutashadi.
Nazorat savollari:
Oʻrta Osiyo oʻlkasida tarqalgan asosiy oʻsimlik turlari haqida nimalarni bilasiz
Oʻrta Osiyo oʻlkasida tarqalgan va qizil kitobga kiritilgan oʻsimlik turlari haqida nimalarni bilasiz
Oʻrta Osiyo oʻlkasida tarqalgan asosiy shoʻrxok oʻsimliklariga misol keltiring
8-mavzu: O‘rta Osiyoning hayvonot dunyosi
Ko‘rib chiqiladigan asosiy savollar:
O‘rta Osiyoning tekislik qismi hayvonot dunyosi.
O‘rta Osiyoning togʻ qismi hayvonot dunyosi.
Asosiy tushunchalar va iboralar. oq quyruq, jayron, cho‘l hayvonlari, ingichka barmoqli qum yumronqoziq
1-savol bayoni: O‘rta Osiyoning tekislik qismi hayvonot dunyosi. Er yuzasining zoogeografik rayonlashtirish kartasi bo‘yicha O‘rta Osiyo hududi Paleoarktika oblastining Markaziy Osiyo kichik oblastida joylashgan. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosida, unga chegaradosh O‘rta Er dengizi, Evropa, Sibir, Mo‘g‘iliston, Hindiston va Tibet faunasining vakillarini ko‘plab uchratamiz. O‘rta Osiyoda o‘ziga xos endemik hayvon turlari ham anchagina. O‘lka tabiati har xil bo‘lganligi uchun uning hududida o‘ziga xos rang-barang hayvonlarni uchratish mumkin. Ular o‘lkada uning zonal va regional xususiyatlaridan kelib chiqib tarqalgandir. O‘rta Osiyo hayvonlari har xil aralash tabiiy-geografik sharoitlarda yashaydi. SHuning uchun o‘lkaning hayvonlari suvsizlikka, issiqlikka, sovuqqa, noqulay tabiiy-geografik sharoitlarga to‘liq moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |