Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi
Download 1.47 Mb.
|
Majmua O\'rta Osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta Osiyo tog‘lari balandlik mintaqalari o‘simliklari
- Zarafshon (o‘rik) archasi, yarim shar simon (saur archasi) va Turkiston (qoraarcha) archasi o‘sadi.
Galofit o‘simliklar tipi. O‘rta Osiyoning sho‘rxok cho‘llarida asosiy o‘rin tutadi. SHo‘rxok cho‘llarga Mingbuloq, Sariqqamish, Aydar va boshqa ko‘pgina joylar kiradi. YUqorida aytganimizdek sho‘rxoklar odatda grunt suvlar er betiga yaqin bo‘lgan botiqlarda, eski daryo qayirlarida vujudga kelib, o‘simlik juda kam o‘sadi. SHo‘rxoklarda o‘sadigan o‘simliklar formatsiyasini galofitlar deb, ular go‘shtdor, tanasida oppoq tuzi bo‘lgan o‘simliklardir.
Taqirlar tarqalgan erlarda o‘simlik deyarli o‘smaydi. Faqat taqir yoriqlarida va atrofida siyrak holda sho‘ra o‘simliklari uchraydi. O‘rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida to‘qay o‘simliklari o‘sadi. Ularning eng muhimlari qizilmiya, chuchukmiya, ajiriq, jiyda, daraxt va butalarga chirmashib o‘suvchi ilonpechak, qo‘ypechaklardir. O‘rta Osiyo tog‘lari balandlik mintaqalari o‘simliklari. Dengiz sathidan yuqoriga ko‘tarilgan sari iqlimning o‘zgarishi tog‘larda o‘simliklarni balandlik bo‘yicha mintaqalanishiga olib keladi, chunki iqlim o‘simliklarning tarqalishiga, joylashishiga va hayot jarayonlariga ta’sir etadi. Ko‘pgina olimlar (E.P.Korovin, M.P.Popov, O.E.Agaxanyans, Q.Z.Zokirov va boshqalar) tomonidan O‘rta Osiyo o‘simliklarining tarqalishi va joylashishiga doir klassifikatsiyalar taklif etilgan. Bular asosida o‘simliklarning mintaqalar bo‘yicha taqsimlanish qonuniyati yotadi. YUqoridagi olimlar tomonidan taklif etilgan tasniflar ichida akademik Q.Z.Zokirov tizimi o‘zining qulayligi va oddiyligi bilan boshqalardan farq qiladi. Q.Z.Zokirov taklif etgan tasnifga muvofiq, O‘rta Osiyo o‘simliklarini to‘rtta mintaqa - cho‘l, adir, tog‘, yaylovga bo‘lib o‘rganish mumkin deb hisoblaydi. Biz yuqorida cho‘l o‘simliklari bilan tanishdik. Endi tog‘ o‘simliklarini adir, tog‘, yaylov kabi balandlik mintaqalari bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. Adir balandlik mintaqasi dengiz sathidan 600-700 m ba’zi joylarda esa 1200-1600 m bo‘lgan tog‘ oldi tekisliklarini o‘z ichiga oladi. Relefning balandlashuvi tufayli yog‘in miqdori ortadi. YOzgi harorat esa cho‘lga nisbatan pastroq bo‘lib, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. Bular o‘z navbatida adirda har xil o‘tlarni qalin va baland bo‘lib o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Adir mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simlik turlari ko‘p bo‘lib, qalin o‘sadi. 1 km.kv maydonda 15-20 turga mansub bo‘lgan 30 ming alohida tur uchraydi. Adir o‘simliklarining asosini efemer va eferoidlar, ko‘p yillik har xil o‘tlar, butalar tashkil etadi. Adirda efemer va efemeroid o‘simliklardan rang, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, no‘xotak, lola, oqquray, sasir kabilar o‘sib, iyul oyigacha vegetatsiyasini davom ettiradi. Bulardan tashqari yana shuvoq, yovvoyi bug‘doy (ismaloq), taktak (yovvoyi arpa), jasmin, qo‘ziquloq, karrak, qiltiq, shirach kabi o‘simliklar o‘sadi. Tog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200-1700 m dan 2000-3800 metrgacha bo‘lgan balandliklarni ishg‘ol etadi. Tog‘ mintaqasi asosan tog‘ dashtlari, tog‘ o‘rmonlari, keng bargli tog‘ o‘rmonlari, igna bargli tog‘ o‘rmonlar kabi tiplarga bo‘linadi. Tog‘-balandlik mintaqasida joyning umumiy tabiiy sharoitiga bog‘liq holda o‘simliklarning bir necha turlari mavjud. Tog‘larning nisbatan nam shimoliy va shimoli-g‘arbiy yon-bag‘irlarida mezofit, aksincha, janubiy nisbatan quruq yon- bag‘irlarida kserofit o‘simliklar uchrasa, zaxkash botiqlarda, yog‘in ko‘proq tushadigan tog‘ yon-bag‘irlarida bargli o‘rmonlar va har xil butalar o‘sadi. Tog‘-balandlik mintaqasining quyi qismida ko‘proq o‘tloq o‘simliklar, xususan, bug‘doyiq, kovrak, shirach-efemurs, oqsuqta, ko‘kcho‘p (isfarak), gulxayri, lolalar, anzur, arslonqo‘yruq, binafsha, ismaloq, chatir va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Tog‘-balandlik mintaqasida daraxtlardan archazorlar katta maydonda tarqalgan. Archazorlar asosan 3000 metr balandlikkacha bo‘lgan joylarda ko‘proq uchraydi. Oloy-Turkiston va Zarafshon-Hisor tizmalarida uch turi – Zarafshon (o‘rik) archasi, yarim shar simon (saur archasi) va Turkiston (qoraarcha) archasi o‘sadi. Zarafshon archasi ko‘proq 1200-2200 m balandliklarda, Turkiston archasi 1800-2700 metr gacha balandlikda o‘sadi. Archazorlar ko‘proq nisbatan qurg‘oqchil va toshloq erlarda uchraydi va asta-sekin o‘sib, bo‘yi 20 metrgacha etib ming yildan ortiq yashaydi. Archazorlar tagida esa har xil o‘tlar va butalar uchraydi. Ular O‘rta Osiyoning namgarchilik ko‘p bo‘lgan tog‘larida, jumladan, Farg‘ona tizmasining g‘arbiy yonbag‘rida, qoramtir tuproqlar ustida o‘sadi. Bargli o‘rmonlar ichida eng ko‘p tarqalgan paleogen davridan qolgan relikt (noyob) o‘simliklar-yong‘oqlardir. YOng‘oqlar bilan birga zarang, yovvoyi olma, bodom, o‘rik, tog‘olcha, do‘lana, Turkiston qayini tog‘larda (ayniqsa Bobotog‘, Boysun, Badxiz tog‘larida) pistazorlar, Hisor va Artek tog‘larida esa, yovvoyi anor kabilar o‘sadi. Tog‘ balandlik mintaqasida uchqat, na’matak, irg‘iy, zirk, maymunjon, yovvoyi uzum, qatran va boshqalar, anjir kabi quruq subtropik o‘simliklar tarqalgan. Tog‘ balandlik mintaqasida tog‘ piyozi, anzur piyoz, zira, ravoch, taran, tuyayaproq, kiyik o‘ti, tog‘saqichi (tarkibida kauchik moddasi bor) kabi dorivor o‘simliklar ham uchraydi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling