Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet25/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Nazorat savollari:

  1. O‘rta Osiyoning daryolari to‘yinish tipiga ko‘ra nechta guruhga ajratiladi?

  2. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining qaysi daryosida mansab yo‘q?

  3. O‘rta Osiyodagi Qopchig‘ay va CHimqo‘rg‘on suvomborlari qaysi daryolarga barpo etilgan?

  4. O‘rta Osiyoning eng sersuv daryosini ko‘rsating va uning irmoqlarini sanab bering?

6-mavzu: O‘rta Osiyoning tuproqlari
Reja:
1. O‘rta Osiyo tuproqlari
2. Tuproqlarning balandlik mintaqalanishi bo’yicha tarqalishi.
Asosiy tushuncha va iboralar: suvayirg‘ich, geotizim, tizma, botiq, cho‘kma, tog‘ tuguni, qalqon, plato, plita, yassi tog‘, sertepa tekislik, daryo o‘zani, daryo vodiysi, tog‘oraliq vodiysi, tog‘ oraliq botiqlari.
1-savol bayoni: O‘rta Osiyo tuproqlari. O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, geologik yoshi, relefi va iqlim xususiyatlariga bog‘liq holda tuproqlarning tarqalishi kuzatiladi. O‘rta Osiyo tog‘li qismining geologik tuzilishida karbonatli tog‘ jinslarining keng tarqalishi va tog‘ oldi tekislik rayonlari lyoss va lyossimon tog‘ jinslaridan tuzilganligi, shu hudud tuproq qoplamining tarkibida karbonatlarning va har xil tez eruvchi tuzlarning to‘planishiga olib kelgan. O‘rta Osiyo tuproq qoplamiga ayniqsa, daryo vodiylaridagi voha tuproqlariga inson xo‘jalik faoliyatining ta’sirini alohida ta’kidlash kerak. O‘rta Osiyo hududida tuproqlarning tarqalishi zonallik qonuniyatiga bo‘ysinadi. Tekislik qismida tuproqlarning joylanishi kenglik, tog‘li qismida esa vertikal zonallik qonuniyati bo‘yicha tarqalgan. O‘rta Osiyoning tekislik qismi uchun quyidagi tuproq tiplari xosdir;
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar – Ustyurt platosi, Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog‘larning tog‘ oldi tekisliklarida, Nurota cho‘li, Malik cho‘l, Qarshi cho‘llarida hamda Qarnab cho‘lining g‘arbiy qismida tarqalib, asosan bo‘r, paleogen, neogen davrlarining qumtosh, gil, margel, ohaktosh va qadimiy prolyuvial, elyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu tuproqlar platolarning tipik tuproqlaridir, ular tarkibida shag‘al-toshlar ko‘p. Tuproq hosil qiluvchi ona jinsi uncha qalin emas (1-2m), tuproq tagida shag‘al qatlamlar joylashgan. CHo‘lda iqlimning ancha quruq va ancha issiq bo‘lishi hamda o‘simliklarning kam va siyrak bo‘lishi tufayli tuproqdagi biologik jarayonlar sust kechadi, shuning uchun ham sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda chirindi oz, tuproqlarning yuza qatlamida 0,2-0,3% ni tashkil etadi. Umuman, chirindi qatlamining qalinligi 20-25 sm, tuproqda azot kam, ammo fosfor ko‘p, karbonat 5-7% gacha boradi. U bu tipdagi tuproqning qo‘ng‘ir rangli strukturalari gorizontida (V) ko‘p to‘planadi. Uning ostida esa gips ko‘p to‘plangan gorizont (S) joylashgan. Bu tuproqlar odatda 20-30 sm chuqurlikdan boshlab sulfat va xlorid tuzlari bilan sho‘rlangan. SHo‘rlanish darajasi esa ustki qatlamda kuchsiz bo‘lsa ham pastki tomon kuchaya boradi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling