Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Qatlamlar orasidagi suvlar


Download 1.47 Mb.
bet24/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Qatlamlar orasidagi suvlar. Bu tipdagi er osti suvlari ancha chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan ikki qatlam jinslar orasidagi bo‘shliqlarda joylashgan bo‘lib, sizib yuradi. Bunday suvli qatlamlar ikki-uch hatto, o‘n-o‘n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar qatlamlar orasidagi suvlar bosim kuchiga ega bo‘lsa, artezan suvlari deb yuritiladi. Artezan suvlari to‘plangan katta hududlar artezan havzasi deb ataladi. Artezan havzasida bosimi kuchli bo‘lgan erlarda quduq qazilsa suv o‘zi otilib chiqadi. Ko‘p hollarda artezan quduqlarining suvi toza va chuchuk bo‘ladi. O‘rta Osiyoda er osti suvlarining zahirasi juda katta, akademik U.M.Axmedsafinning ma’lumoti bo‘yicha O‘rta Osiyo tekislik qismida 36 dan ortiq artezan suvlarining havzalari bor. Turon pasttekisligidagi bu suvlaridan qishloq xo‘jaligida va sanoatda keng foydalaniladi.
O‘rta Osiyo hududida minerallashgan termal suvlar ham ko‘p tarqalgan. Bunday er osti suvining turi ancha chuqurda (400-1500 m) va undan chuqurda joylashgan. Minerallashgan er osti termal suvlarning harorati juda yuqori bo‘ladi, u 400-700 gacha etib, tarkibidagi har xil minerallar erigan holda uchraydi. Mineral suvlar tarkibida karbonat kislotasi, vodorod sulfidi, yod, brom, bolitiy, bariy, stronsiy, radiaktiv moddalar va boshqa erigan tuzlar uchraydi. O‘rta Osiyo hududida uch mingdan ortiq shifobaxsh mineral suvlar aniqlangan. Mineral suvlarning ayrimlari tektonik yoriqlar orqali er betiga issiq buloqlar tariqasida chiqsa, ko‘p hollarda quduqlar orqali chiqariladi. O‘rta Osiyoda burg‘ulanib quduqlar orqali er yuzasiga chiqarilgan yuzlab shifobaxsh mineral suvlar mavjud. Ularning eng muhimlari vodorod sulfidli (serovodorodli) shifobaxsh suvlar (CHimyon, Xonobod, Andijon va boshqalar), yodli suvlar (CHortoq, Namangan), radonli (Aroson buloq, Jayronxona), kam minerallashgan ishqorli (SHelochnik), termal suvlar (Toshkent, Farg‘ona va boshqalar), sulfat – natriy xlorli suvlar (Moxixosa, Nagornыy, Camarqand va boshqalar). Minerallashgan suvlardan har xil kasalliklarni davolashda foydalaniladi. O‘rta Osiyoda suvdan oqilona foydalanish uchun qadimda korislar (kyarizlar), suv omborlari va kanallar qurganlar. Eng qadimgi suv omborlari o‘rta asrlarda Nurota tog‘ida va Kopettog‘da qurilgan. O‘rta asrlarda qurilgan suv omborlaridan ikkitasining («Abdullaxon bandi» va «Oq cho‘p») xarobalari hozir ham saqlanib turibdi. O‘rta Osiyoda XX asrning 60-yillaridan keyin ko‘plab suv ombori qurildi. Suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad uning suvidan qishloq xo‘jaligida tejab va tergab foydalanishga qaratilgan. Hozir O‘rta Osiyoda 60 dan ortiq suv omborlari mavjud. O‘rta Osiyoda eng qadimgi kanallar bu – Tuyatortar, Eski Anhor va boshqalar bo‘lib, XX asrning 60-70 yillarida yana yirik Janubiy Mirzacho‘l, Qoraqum, Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Qorako‘l kabi kanallari ishga tushirildi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling