Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Tekislik qismining o‘simliklari. CHo‘l (sahro) o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
bet32/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Tekislik qismining o‘simliklari. CHo‘l (sahro) o‘simliklari. CHo‘l o‘simliklari dunyosi xilma-xil sharoitlariga va o‘ziga xos xususiyatlariga ega. CHo‘l o‘simliklarining hayoti, asosan, iqlim sharoitiga, xususan, namlik (suv) bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. CHo‘l zonasi o‘simlik o‘sishi uchun qanchalik noqulay bo‘lmasin, u erda o‘sadigan o‘simlik turlari xilma-xil guruh vakillaridan tashkil topgan. Bular asosan, kserofitlar, efemerlar va mezokserofitlar kabi ekologik gruppalardir.
O‘rta Osiyo cho‘llarida bir yillik o‘simliklarning 150 ga yaqin turi bo‘lib, ular efemerlar gruppasini tashkil etadi. Bu gruppa o‘simliklari jazirama issiqlar boshlanguncha o‘z hayot jarayonlarini to‘liq o‘tib tugalaydi (lolaqizg‘aldoq, chitir, qorabosh va boshqalar). Efemeroid o‘simliklar guruhiga yozgi jazirama issiqlar boshlanguncha vegetatsiyasini davom ettiruvchi ko‘p yillik o‘simliklar kiradi. Iloq, lola, boychechak, qo‘ng‘irbosh misol bo‘la oladi.
Mezokserofit o‘simliklar gruppasiga yozgi jazirama issiqlar boshlanganda o‘z hayotini anabioz holda, ya’ni majburiy tinim holatida o‘tkazishga moslashgan o‘simliklar kiradi. O‘rta Osiyoning shimoliy qismlarida, ayniqsa, Ustyurt platosida va kuchli emirilgan tog‘ etagidagi tekisliklarida asosan shuvoqli-burganli cho‘llar keng tarqalgan.
SHuvoqli cho‘llar tuprog‘i sho‘rlanmagan loy tuproq bo‘lib, o‘simliklardan asosan oq shuvoq, izen, juda siyrak holda chalov va boshqa efemerlar uchraydi. Bular oq shuvoq assotsiatsiyasini tashkil etadi. Haqiqiy oq shuvoqlar Orol bo‘yi tekisliklarida va CHu vodiysida uchraydi. Burganli cho‘llar tuprog‘i sho‘rlangan yoki gipsli bo‘lib, burgan va toshburgan kabilar uchrab, ular burgan – toshburgan assotsiasini tashkil etadi. SHunday qilib, qumli cho‘llarda juzg‘un yoki qandim, quyonsuyak, iloq, selin, cherkez, saksovul kabi o‘simlik turlari o‘sadi. Juzg‘un (qandim) buta o‘simligi bo‘lib, ko‘chib yuruvchi qumlarda, kichik marzasimon qumliklarda o‘sadi. Juzg‘unning ellikka yaqin turi mavjud bo‘lib, buyi ikki metrga etib, doirasimon bo‘lib o‘sadi. Uning ildizi har tomonga ko‘ndalang holda tarqalib, uzunligi 20 m ga etadi va qumni mustahkamlaydi. Ko‘chib yuruvchi qumlarni mustahkamlashda endemik hisoblangan selinning ahamiyati katta. U ko‘p yillik o‘t bo‘lib, dastlab barxan qumlarida vujudga keladi. Selinning bo‘yi 1 metrga etib, yon ildizlari uzun bo‘lib, 10 metrdan oshadi. Lyossli va lyossimon tog‘ jinslari keng tarqalgan toqqa yaqin joylarda asosan efemer va efemeroidlar va boshqa o‘tlar o‘sadi. Lyossli cho‘llarda seryomg‘ir bahor faslida avval efemerlar va efemeriodlar zich o‘sadi, cho‘lda chiroyli boychechak, binafsha, lolaqizg‘aldoq barq urib o‘sib, cho‘l yashil-qizg‘ish tusga kiradi. Bundan tashqari, yana sassiq-quvray, lola, piyoz ildizlilar, mingbosh, chalov, shuvoq kabilar uchraydi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling