Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


O‘rta Osiyo tekislik qismining hayvonlari


Download 1.47 Mb.
bet35/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

O‘rta Osiyo tekislik qismining hayvonlari. Tekislikdagi hayvonlar qurg‘oqchilikka va yuqori havo haroratiga, qumli, gilli, toshli va sho‘rxok erlarda yashashga o‘rgangan. Ba’zilari suvni oz talab etsa, ba’zilari yoz issig‘idan qochib uyquga ketadi. Ayrim hayvonlar esa kunduzgi issiqdan qochib inlaridan chiqmaydilar va faqat kechasi faol hayot kechiradilar.
CHo‘l hayvonlari. O‘rta Osiyo cho‘llari qumli, shag‘alli lyossli va boshqa substratdagi tabiiy komplekslar bo‘lib, hayvonot dunyosi xilma-xil va hayvonlar turlariga boydir. CHo‘l hayvonlari suvga chidamli bo‘lib, suv istemol qilmay o‘simliklar tarkibidagi namlik bilan cheklansa (yumronqoziqlar, qo‘shoyoqlar), ba’zilari, chunonchi oq quyruq, jayron (soatiga 50-60 km tezlikda chopadi) chopqir bo‘lib, uzoqdagi suvlardan foydalandi. CHo‘l hayvonlarining ko‘pchilik turlari sharoitga shunchalik moslashib ketganki, ularning rangi qum tusiga (qo‘ng‘ir, malla, sarg‘ish) o‘xshab ketadi. CHo‘lda yoz faslida kunduzi tuproq 70-800 qizib ketganligi sababli ko‘pchilik hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, ayrim sutemizuvchilar va qush turlari soya-salqin joylarda yoki inlarida jon saqlab kech kirishi bilan faol hayot boshlaydi. Bunday hayvon turlariga chirildoq kaltakesak, qum bo‘g‘ma iloni, qo‘shoyoqlar, uzunquloq kirpi, qorsak, cho‘l mushuklari va boshqalar kiradi. CHo‘l hayvonlarining ayrimlari gekkon kaltakesaklar, ingichka barmoqli qum yumronqozig‘i qumga, ayniqsa ko‘chib yuruvchi qumlarda yashashga moslashgan. CHunki ularning barmoqlari taroqsimon bo‘lib, qum ustida tez harakat qiladilar.
O‘rta Osiyo tekislik qismining cho‘llarida (qumli va gipsli) cho‘l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquyruq, olako‘zon, qoraquloq, qoplon (geopart), Turkiston bug‘usi-xongul, tulki, bo‘ri; kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qumsichqon, shalpangquloq, tipratikon, qo‘shoyoqlar, ko‘rsichqon; sudralib yuruvchilardan echkimar, qum bug‘ma iloni, Turkiston kobrasi, chipor ilon, xoldor chipor ilon, o‘qilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi; qushlardan xo‘jasavdogar, to‘rg‘ay, tentakqush, qorabovur, yo‘rg‘a tuvaloq, boyo‘g‘li, cho‘l moyquti, qum chumchug‘i, cho‘l qarg‘asi, so‘fi to‘rg‘ay kabilar yashaydi. Hasharotlardan cho‘lda qoraqurt, chayon, falanga, tarantul (biy), chigirtkalarning har xil turlari yashaydi. O‘rta Osiyoning cho‘l zonasida yashovchi ayrim hayvonlar haqida qisqacha ma’lumot beramiz:
Bo‘z echkimar, echkimarlar oilasida yashovchi eng katta turi bo‘lib, uning uzunligi 1,5 m ga etadi. Bo‘z echkimarlarni ba’zan, cho‘l (sahro) timsohi ham deydilar. U qumli cho‘llarda yashaydi, kunduzi faol harakat qiladi. U xavfsiz, foydali hayvon bo‘lib, hasharotlar, kemiruvchilar, kaltakesak, chayon, qoraqurt, qushlar tuxumi, ilonlar bilan ovqatlanadi. Uning urg‘ochisi 10-12 ta tuxum qo‘yib, qumga ko‘mib qo‘yadi. CHo‘l echkimari Xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan. CHo‘l mintaqasining yana bir noyob hayvonlaridan biri – jayrondir. Jayron – kichik, lekin chiroyli bo‘lib, cho‘llarda yashaydi. Jayronning urg‘ochilari shoxsiz, erkaklari shoxli bo‘lib, shoxining uzunligi 27-41 santimetrga etadi. Ilgari jayronlar poda-poda bo‘lib yashar edi, so‘nggi yillarda ularni betartib ov qilish tufayli ularning soni juda kam qoldi. Jayron «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Qum charxiloni – o‘rtacha kattalikdagi ilon bo‘lib, uzunligi 45 sm dan oshmaydi. Tanasi qum-kul rangida, ikki yonidan to‘lqinsimon oq yo‘l o‘tgan, boshida esa aniq butsimon naqshi bor. Qum charxiloni qumlarda, eski xarobalarda, lyossli tekisliklarda, chakalakzorlarda yashab, yoriqlarga, kemiruvchilar iniga kirib ham oladi. U tirik tug‘adi, kemiruvchilar, kaltakesaklar va mayda ilonlar bilan oziqlanadi. Qum charxiloni zaharli bo‘lib, chaqsa ancha xavf vujudga keladi, ba’zan o‘limga olib kelishi ham mumkin. Hozir uning zaharidan ilon chaqishga qarshi zardob (sivorotka) olinmoqda. CHo‘l mintaqasining eng yirik va zaharli ilonlaridan biri – Turkiston kobrasidir. U Qizilqumda, Qarshi cho‘llarida, tog‘ etaklarida butazorlarda yashaydi. Uning uzunligi 2 m ga etadi, urg‘ochisi 10-12 ta tuxum qo‘yadi. Hozirgi vaqtda, kobraning zaharidan qimmatbaho dorilar tayyorlanmoqda. Bu ilon «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling