Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet31/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Nazorat savollari:

  1. O‘rta Osiyoda eng keng tarqalgan tuproq turi qaysi va ular o‘lkaning qaysi qismida tarqalgan?

  2. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining adir mintaqasiga xos bo‘lgan tuproqlarni ko‘rsating?

  3. O‘rta Osiyoning tog‘larida necha metr balandlikka qadar archalar tarqalgan mintaqa uchraydi?



7-mavzu: O‘rta Osiyoning o‘simliklari
Reja:

  1. O‘rta Osiyoning o‘simlik dunyosiga umumiy tavsifi.

  2. O‘rta Osiyo o‘simlik qoplamining tarqalishi

Tayanch tushshuncha va iboralar. Diffeensiyasiyalashuv, o‘simlik zonalari, efemerlar, efemeroid, mezokserofit, chalov, galofit o‘simliklar, O‘rta Osiyoning sho‘rxok cho‘llari, taqirlar
O‘rta Osiyo o‘simlik dunyosining shakllanishiga ko‘p omillar ta’sir qilgan. Tarixiy-geologik davrlarda o‘simlik qoplamining shakllanishi so‘zsiz tabiiy sharoitning o‘zgarishi bilan birga boradi. Bu erda albatta qadimgi dengizlarni bostirib kelishi va chekinishi, tabiiy muhitning tektonik harakatlar ta’sirida (tog‘larning ko‘tarilishi, atrofdagi tekisliklarga ham ta’sir qildi) farqlanishi (diffeensiyasiyalashuvi) bevosita o‘simlik turlarining transformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyoning tekislik va tog‘li qismining o‘simlik qoplamining paydo bo‘lishi, ayniqsa, ayrim o‘simlik turlarining paydo bo‘lishida va rivojlanishida to‘rtlamchi davrdagi tektonik harkatlar va to‘rtlamchi davrdagi tog‘ muzliklari muhim rol o‘ynadi. O‘simlik qoplamining shakllanishiga va holatiga keyingi asrlarda inson xo‘jalik faoliyati juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo hududida o‘simliklarning 9 mingdan ortiq turi aniqlangan. SHundan 90% o‘simlik turlari asosan tog‘li rayonlar uchun xosdir. Tabiiy-geografik sharoitga bog‘liq holda o‘simlik qoplamining tarqalishi belgilanadi. O‘rta Osiyoda o‘simliklarning yashayotgan sharotiga ko‘ra bir necha o‘simlik zonalari mavjud. Odatda ular tekislik qismi zonalariga, tog‘li qism mintaqalarga bo‘lingan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling