Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet30/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Jigar rang tuproq o‘tloq dasht tuprog‘i bo‘lib siyrak archazorlar va butalar o‘sgan erlarda hosil bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar delyuvial sarg‘ish - qo‘ng‘ir tusdagi gil va qumoqlardan, ba’zi joylarda lyossimon, chag‘ir tosh shag‘allardan iborat. Jigar rang tuproqning yuqori qatlamida chirindi ko‘p bo‘lganidan u qo‘ng‘ir – jigar rang yoki to‘q tusli bo‘ladi, chirindi miqdori 15 sm chuqurlikkacha o‘rta hisobda 4-5% bo‘lib, ayrim paytda 8-10% gacha boradi. 1m chuqurlikdan pastda esa 0,5% gacha tushib qoladi. Tog‘ yon-bag‘irlarining qaysi tomonga (ekspozitsiya) qaraganligi va tikligiga bog‘liq holda, jigar rang tuproqlarning xususiyatlari: qalinligi, karbonatning ko‘pligi yoki ozligi va boshqalar o‘zgarib turadi.
Qo‘ng‘ir tusli o‘rmon tuproqlari tog‘ quruq dashtlar mintaqasining ancha sernam, keng bargli o‘rmon o‘sadigan birmuncha balandroq erlarda tarkib topgan. Bu tuproqda chirindi 12% gacha boradi, kimyoviy va morfologik xususiyatlari jihatidan jigar rang tuproqlardan farq qilmaydi.
Baland tog‘-o‘tloq dashtlar mintaqasi tuproqlari. Bu mintaqada harorat past bo‘lib, subalp mintaqasiga to‘g‘ri keladi, Zaili Olatovida 1500-1600 m dan, G‘arbiy-Tyanshanda va Farg‘ona tog‘ tizmasida 2500-2600 metrdan, Oloy vodiysida esa 3100-3500m mutlaq balandliklardan boshlanadi. Qalin o‘tloqlar ostida och tusli qo‘ng‘ir, karbonatsiz tuproq hosil bo‘lgan. CHirindi miqdori uning yuqori qatlamida o‘rtacha 4% ni tashkil etadi. Bu mintaqada vegetatsiya davri qisqa bo‘lgani tufayli dexqonchilik qilish murakkab, lekin yozgi yaylov sifatida foydalanish uchun sharoit qulay.
Alp mintaqasi tuproqlari. Bu mintaqada 3000-3500 metr mutlaq balandlikdagi siyrak daraxt va butazorlarning yuqori chegarasidan tog‘ning tepasiga qarab chiqib boradi. Bu mintaqaning Alp tipidagi maysazorlari yaxshi yozgi yaylovdir. Alp o‘tloqlari tagida chirindi va torfli ishqorlangan tog‘-o‘tloq tuproqlari hosil bo‘lgan. Ular juda yupqa va hamma erda bir xilda tarqalgan emas. Bu mintaqada tuproq hosil bo‘lish jarayoni uchun sharoit juda noqulay. Bunga haroratning pastligi, vegetatsiya davrida sovuqlarning bo‘lib turishi va shu tufayli o‘simlik kamligi va siyrakligi sabab bo‘ladi. SHunday qilib, O‘rta Osiyo tog‘li qismining tuproq qoplami o‘ziga xos sharoitda rivojlanib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tuproq qoplamining bu xususiyatlari tog‘ning geologik tuzilishi, relefi, tog‘ yon-bag‘irlarining qaysi tomonga qaraganligiga, yon-bag‘irlarning tikligiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Professor A.A.Xonazarovning ma’lumoti bo‘yicha, O‘rta Osiyo tog‘li qismi tuproq qoplamining 81% i eroziyaga uchragan. Buning asosiy sabablari inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri bo‘lib, tog‘dagi o‘rmonlarni va butazorlarni yo‘q qilib yuborishdir. Tog‘ yon-bag‘irlaridagi o‘simliklarni yo‘q qilish esa, tuproq eroziyasining kuchayib ketishiga olib kelgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘rta Osiyoning nafaqat tog‘li qismining, balki tekislik qismining tuproq qatlami ham inson ta’sirida kuchli o‘zgarib ketgan, ya’ni suv va shamol eroziyasi, katta maydonlardagi tuproqlarni o‘zgartirib yuborgan. Ayniqsa, 1960 yillardan keyin sug‘orish, melioratsiyaning avj olishi, sug‘oriladigan maydonlarning ilmiy asoslanmagan holda kengaytirilishi, tuproq qatlamida har xil jarayonlarning sodir bo‘lishiga olib keldi. O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan erlar maydoni 7,8 mln.ga, shundan 50% dan ko‘prog‘i har xil darajada sho‘rlangan. O‘zbekistonda sug‘orishda foydalanadigan erlar 4,2 mln gektarni tashkil etadi, noto‘g‘ri sug‘orish natijasida shundan 2,2 mln. gektari har xil darajada sho‘rlangan. Tuproqning sho‘rlanishi esa nafaqat hosildorlikning pasayishiga, balki boshqa salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling