Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet29/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Och tusli bo‘z tuproq, O‘rta Osiyoning chekka tog‘ tizmalarining tog‘ oldi tekisliklarida 300-500 metr bo‘lgan balandliklarda uchraydi. Tuproq qatlami ko‘pincha lyossimon qumoqlardan tarkib topgan, chimli ustki qatlami och bo‘z tusda bo‘lib, chirindi miqdori 10-15 sm chuqurgacha, 1-1,5% gacha bo‘ladi, keyin juda kamaygan holda 30-40 sm gacha boradi. Och tusli bo‘z tuproqlar orasida turli darajada sho‘rlangan tuproq turlari ham uchraydi.
Tipik bo‘z tuproqlar tog‘ chala cho‘l mintaqalarida 500-600 metrdan 800-900 metrgacha mutlaq balandlikda uchraydi. Bu tuproq asosan tog‘ yon-bag‘irga yaqin bo‘lgan tog‘ oldi tekisliklarini ishg‘ol qilib, och tusli tuproqqa nisbatan chirindi ko‘proq 1,5%-2,5% bo‘lib, quyi qatlamda chirindi kam bo‘lsada 60-80 sm chuqurlikkacha tarqalgan bo‘ladi, tuzli va gipsli qatlam ancha chuqurda yotadi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar tog‘ yonbag‘irlarining pastki qismida 500-600 m dan 1200-1400 metrgacha bo‘lgan mutlaq balandliklarda uchraydi. To‘q tusli bo‘z tuproqlarning tarqalishi ko‘pincha tog‘ tizmalarining orografik tuzilishiga ham bog‘liq. Tog‘ tizmalari yon- bag‘irlarning chekka yoki tashqari qismida to‘q tusli bo‘z tuproqlarning tarqalishi 1400 m balandlikkacha ko‘tariladi, tog‘ massivlarining ichki qismlarida esa ularning tarqalishi 1200 metrgacha pastga tushadi. To‘q tusli bo‘z tuproqning yuqori qatlamida chirindi ko‘proq (3-4%) bo‘lganidan ancha to‘q tusdadir va chirindi tarqalgan qatlam 80-120 sm ga qadar boradi. O‘rta Osiyoning ko‘pgina tog‘ oldi tekisliklarida tipik bo‘z tuproqlar o‘zlashtirib lalmi va sug‘orishda foydalaniladi, ular ko‘proq tog‘ yon-bag‘irlari uchun xos bo‘lib, yuqori balandliklarda joylashgani uchun to‘q tusli bo‘z tuproqlar asosan lalmikor ekinlar ekishda foydalaniladi. Tog‘ quruq dasht mintaqasida, ya’ni, o‘rtacha balandlikdagi tog‘larda jigar rang va qo‘ng‘ir tog‘ - o‘rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqa 1000-1200 metrdan boshlanib 2000-2200 metrgacha, Hisor va Pomir tog‘larida esa 3000-3500 metr mutlaq balandliklarda tarqalgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling