Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet27/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Taqirlar - O‘rta Osiyo tekislik qismining er usti yuzasining o‘ziga xos qoplamlaridan biri bo‘lib, tabiiy jarayonlarning noyob mahsuli – tabiiy hodisasidir. Taqirlarning yuza qismi turli yo‘nalishlardagi yoriqlar (darzlar) bilan qoplanib, zich metindek qattiq yalang suvsiz sozli tekisliklar bo‘lib, qadimgi allyuvial tekisliklarda, Amudaryo, Sirdaryo, Murg‘ob daryolari etaklarida qumliklar orasidagi mayin sozli pastliklarda dellyuviy bilan qoplangan pastlik erlarda katta maydonlarni egallab yotadi.
SHo‘rxoklar - O‘rta Osiyoning tekislik qismida, Turon pasttekisligida juda katta maydonda uchraydi. Tuproq tarkibida tuzlar miqdori 3% dan oshsa, sho‘rxoklar vujudga keladi, oqibatda tuproq yuzasi oppoq va yupqa tuz qatlamlari bilan qoplanadi. SHo‘rxoklar Turon pasttekisligida grunt suvlari er yuzasiga yaqin (0-3m) hamda yog‘inga nisbatan mumkin bo‘lgan bug‘lanish bir necha hissa ko‘p joylarda vujudga keladi. Negaki, grunt suvi er betiga yaqin bo‘lgan joylarda bug‘lanish tufayli suv bug‘ga aylanib ketib, tuzlar esa tuproq yuzasida to‘planaveradi, natijada sho‘rxoklar paydo bo‘ladi. SHo‘rxok tuproqlar tarkibida suvda tez eriydigan xlorli, sulfatli va natriyli tuzlar ko‘p bo‘lib, uning kimyoviy xususiyatini yomonlashtiradi. Odatda sho‘rxoklar daryo vodiylarining quyi qismida, uning deltalarida, kichik berk botiqlarda, tog‘ oldi qiya tekisliklarida, Qizilqum cho‘lidagi tog‘lar oralig‘ida uchraydi. SHo‘rxoklarda chirindi deyarli bo‘lmaydi, faqat o‘tloq va botqoq sho‘rxoklardagina gumusli qatlam vujudga kelib, ajiriq va qiyoq o‘sadi. O‘rta Osiyoda katta – katta sho‘rxoklar Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqog‘itma va boshqa cho‘kmalarni egallab yotibdi.
Allyuvial botqoq va allyuvial o‘tloq tuproqlar asosan keng daryo vodiylarida tarqalgan. Allyuvial botqoq tuproqlar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning birinchi terrassasida, er osti suvi er betiga yaqin joylashgan maydonlarda tarqalgan. Masalan, Zarafshon daryosining qayir va qayir usti birinchi terrassalarida, er osti suvlari er yuzasidan 1-2 metr chuqurlikda yotadi. Ana shu massivlar asosan botqoq tuproqlar bilan qoplangan. Botqoq tuproqlar uncha qalin bo‘lmasdan, bevosita allyuvial yotqiziqlar ustida yotadi. Bu tuproqning eng ustki chirindi gorizontida gumus miqdori 3-4% ga etadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling