Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o
Download 1.95 Mb.
|
STOL TENNISI O‘YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: “Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi”
- STOL TENNISI O‘YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI .
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI SPORT TURLARINI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI SPORT VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH METODIKASI fanidan KURS ISHI Mavzu: “Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi” Bajardi: 6-19-guruh talabasi _______________________________ Ilmiy rahbar: ________________________ Himoya qilgan sanasi: Baho: Guliston sh. 2022-y MUNDARIJA: Kirish………………………………………………………………………...…..……3-5 I.BOB. STOL TENNISI O‘YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI. 1.1.Tennis o‘yinining sport taraqqiyotidagi o‘rni…………………………..…………6-10 1.2.Tennis sport tarixi va hozirgi kunda bu sohadagi vatanimiz o‘rni…….…………11-18 II.BOB. STOL TENNISI QOIDALARI VA TENNIS SPORT QUROLLARINI ISHLATISH QOIDALARI. 2.1.Tennis sport qurollarini o‘yinga tayyorlash va o‘ziga xos xususiyatlari…………………………………………………………..…………...…19-21 2.2.Sportchiga individual yondashish printspi………………………...………..……22-28 Xulosa…………………………………………………...……………………...……29-30 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….………31 Kirish Bir muddat oldin O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Franchesko Richchi-Bitti respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida bo‘ldi. U maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqib, yosh tennischilar bilan muloqot qildi. Maktab matbuot markazida uyushtirilgan matbuot anjumani chog’ida Richchi-Bitti O‘zbekistonning tennis masalasida dunyoning ko‘pgina davlatlariga uchun o‘rnak bo‘la olishini ta'kidlab o‘tdi. “Menimcha, jahon arenalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tiborning natijasidir”, – uning so‘zlarini keltiradi Jahon axborot agentligi. Shuningdek, u O‘zbekiston tennis federatsiyasi bilan samarador hamkorlikning davom etishiga umid bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig’ilishi o‘tkazildi. Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman: Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o‘tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o‘zlashtiring. Kitob o‘qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang». Davlatimiz rahbarining xalqimizga qilgan murojaati sportchilarimizni ham befarq qoldirmadi. Ayni paytda karantinni uy sharoitida o‘tkazayotgan olimpiya terma jamoalari a’zolari ham Prezidentimizning ushbu murojaat va mulohazalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Stol tennisi tarixi haqida juda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ba’zi mutaxassislar stol tennisi Osiyo, ya’ni Yaponiya va Xitoyda paydo bo‘lgan, deb hisoblashadi. Sport tarixchilari, shu jumladan yapon va xitoy sporti tarixchilarining fikricha, bu yanglish fikr. Hozirgi kunda hech bir mutaxassis birinchi bo‘lib kim, qachon va qaerda stol tennisini o‘ynay boshlaganini aytolmaydi. Ko‘pchilik mutaxassislar stol tennisi Angliyada, Qirol tennisining bir turi sifatida paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi. Stol tennisining paydo bo‘lishi XIX asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Avvaliga o‘yin ochiq havoda o‘tkazilgan, keyinchalik xona ichida o‘ynash rusm bo‘lgan. So‘ng bir-biriga yaqin joylashgan ikki stolda o‘ynash, yanada keyinroq esa ikki stolni birlashtirib, o‘rtasiga to‘r tortilgan holda o‘ynash odat tusiga kirgan. 1901 yilda stol tennisiga “ping-pong” nomining berilishi koptokning raketkaga urilgandagi tovushi “ping” va stolga urilib, sakrab ketgandagi tovushi “pong”dan olingan. Jihozlarning soddaligi, asosiysi, katta joy talab qilmasligi stol tennisining tez orada mashhur bo‘lib ketishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida xalqaro tashkilot tuzish va o‘yin qoidalari ishlab chiqishga zarurat tug’ildi. 1926 yil yanvarda Berlinda stol tennisi xalqaro federatsiyasi – ITTF tashkil qilindi. Stol tennisi bo‘yicha birinchi jahon chempionati 1927 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan. Unda ayollar va erkaklar yakka holda, juftliklarda – ham erkak, ham ayollar aralash holda ishtirok etishgan. 1928 yildan boshlab musobaqalarda ayollar juftliklari ham ishtirok etishgan. Shundan beri jahon birinchiligi 1940-1946 yillardan tashqari har yili o‘tkazib kelinadi. 1957 yildan jahon birinchiligi har ikki yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Undan keyingi yilda Evropa birinchiligini, shuningdek, Osiyo va Afrika mintaqaviy chempionatlarini o‘tkazish boshlandi. 1936 yilda stol tennisi xalqaro federatsiyasi – ITTF ping-pong nomini stol tennisi nomi bilan almashtirdi. Hozirgi kunda 40 milliondan ortiq o‘yinchi har yili butun dunyo bo‘ylab turli rasmiy turnirlarda ishtirok etishadi.«Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman . . .1 Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman: Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o‘tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o‘zlashtiring. Kitob o‘qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang». Davlatimiz rahbarining xalqimizga qilgan murojaati sportchilarimizni ham befarq qoldirmadi. Ayni paytda karantinni uy sharoitida o‘tkazayotgan olimpiya terma jamoalari a’zolari ham Prezidentimizning ushbu murojaat va mulohazalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. O‘z navbatida Prezidentimizning mazkur murojaati haqida fikr bildirar ekan boks bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: «Davlatimiz rahbarining yurtimiz yoshlariga qarata: «Kitob o‘qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang», degan da’vatlari bizni yanada ruhlantirdi. Biz sportchilar ham shu fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan holda uy sharoitida o‘zingizga maqbul mashg’ulotlar bilan band bo‘lishingizni, uyda qolib, oilangizni, yaqinlaringizni xavfdan xoli holda bo‘lishini ta’minlashingizga chorlab qolaman». «Prezidentimizning murojaati biz sport ahliga kuch va qanot berdi. Biz yurtboshimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va shu bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurashda matonat va jasorat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga, bizning xavfsizligimizni ta’minlab turgan ichki ishlar, harbiylar va milliy gvardiya xodimlariga cheksiz minnatdorchilik izhor qilamiz. Bu pandemiya xalqimizni yanada birlashtirdi. Aminmanki, biz yakdillik bilan bu virusni yenga olamiz», – dedi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling