Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Nazorat savollari: 
1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz? 
2. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi? 
3. Soliqlarning xususiyatlarini tushuntirib bering? 
2-asosiy savol bo‟yicha dars maqsadi: Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning 
elementlari va soliqqa tortish tamoyillari mazmuni to‘g‘risida tushunchalar hosil 
qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
2.1. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar elementlarini izohlay oladi. 
2.2. soliqqa tortish tamoyillarini mohiyatini tushuntira oladi. 
2-asosiy savol bayoni: 
6
Вахобов А., Срожиддинова З. Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети. –Т.: ТМИ, 2002. 36 – бет. 


34 
Soliq va boshqa majburiy to‟lovlar elementlari 
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliq 
solishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat 
byudjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. 
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda 
etish uchun iqtisodiy voqeliklarning har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi 
iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham huddi shunday soliqqa oid 
iqtisodiy hodisalarni izohlshga xizmat qiluvchi yaxlit tushuncha hisoblanadi. 
Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi 
bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, yani soliq elementlari ham bir 
necha iqtisodiy kategoriyalarning yaxlit holatdagi harakatini bildiradi. 
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ularning 
asosiylari soliq subyekti, soliq agenti, soliq solish obyekti, soliq solish predmeti, 
soliq manbai, soliq solish bazasi, soliq solish birligi, soliq stafkasi, soliq 
imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, soliq solish usullari, soliq davri, 
soliqni to‘lash muddatlari va tartiblari, soliq yuki kabi tushunchalarni qamrab 
oladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling