Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq manbai
- Soliq solinadigan baza
- Soliq solish birligi
Soliq solish predmeti- soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va
boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya‘ni soliq solish ob‘yekti bo‘lib birorbir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq solish ob‘yekti yoki soliq solish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya‘ni soliq sub‘yektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliq solish predmetiga egalik qilish huquqi soliq ob‘yektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq sub‘yektini yoki soliq to‘lovchini namoyon etadi. Soliq manbai- bu soliq to‘lovchi to‘laydigan soliqlar manbai, ya‘ni daromadi. Soliq solish ob‘yekti va soliq solish manbaini bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi. Ayrim soliq turlari, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq solish ob‘yekti ham, soliq manbai ham bir xil bo‘ladi, ya‘ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi. Soliq solinadigan baza- soliq solish ob‘yektining soliq stafkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stafkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stafkasi qo‘llaniladigan ob‘yektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq solinadigan bazaning miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq solish ob‘yektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq solish bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Soliq solish birligi- bu ob‘yektning o‘lchov birligi, masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida ob‘yektning o‘lchov birligi sifatida uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv.m yoki gektar hisoblanadi. Soliq stafkasi- soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan me‘yordir. Soliq stafkalari foizlarda yoki mutlaq summada belgilanishi mumkin. Soliq stafkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki soliq 36 stafkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar faoliyatiga ta‘sir etadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling