Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliqqa tortish tamoyillari. 
Soliq solish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliq 
solish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Soliq solish 
tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» 
nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan va unda: 
• Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida 
foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim. 
• Xar bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak bunda 
o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni 
to‘lov-chiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma‘lum 
bo‘lishi zarur. 
• Xar bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda 
undirilishi kerak. 
• har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining 
xamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag‘ga 
nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin, deb ta‘kidlab o‘tilgan. 
Hozirgi 
sharoitda 
tatbiqan olganda, soliq solish tizimining quyidagi 
tamoyillarini keltirib o‘tish mumkin: 
Soliq solishning yetarlilik tamoyili. Soliq solishning yetarlilik tamoyiliga 
muvofiq soliq solish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan 
xalq xo‘jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi 
iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat 
siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini 
ta‘minlashi lozim. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari soliq yuki 
ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan, davlat 
tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda ayni chog‘da o‘zining 
bazi xarajatlarini qisqartiradi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq 
siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosati bilan qat‘iy ravishda uygunlashtirishni taqozo etadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling