Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‟batlantirish tamoyili


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‟batlantirish tamoyili. 
Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlarning ishlab chiqarishini rivojlantirish
uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirish, 
yani kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish. 
raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim. 
Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqin1ik qilmasligi hamda 
xo‘jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo‘ymaslig'i lozim. Soliqlar 
miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib 
ketadi, bu jarayon zahiralar, banklardagi pul mablag‘larining barakasi uchishiga 
olib keladi. 


38 
Soliq solish bazasi va uning hajmlarini noto‘g‘ri belgilash xodimlarning
malaka 
oshirishga, 
ratsionalizatorlik 
va 
ixtirochilik 
faoliyati 
bilan 
shug‘ullanishga va boshqa sohalarga bo‘lgan intilishiga salbiy ta‘sir etadi. Soliq 
solishning iqtisodiy omillarga ta‘siri ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi,ya‘ni qiyosiy 
oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat 
natijalari, jamg‘arish, investitsiyalash, yangi g‘oyalarni joriy etish va ishlab 
chiqarish faoliyatining boshqa xil ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun 
nisbatan kamroq darajada rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, pro-
gressiv (oshib boruvchi) soliq solishda bunday oqibatning rag‘batlantirishga 
zid ta‘siri yaqqol ifodalanadi. 
Soliqlarning ta‘siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli 
ko‘rishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya 
imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq 
tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish sur‘atlarining pasayib 
ketishiga oli kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti 
daromadlarining o‘zgarishiga ham ta‘sir etmay qolmaydi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling