Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

2. Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning 
vazifalari. Kamolotga erishgan, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash jarayoni uning 
doimiy, muntazam, izchil va tizimli ravishda tarbiyalashni taqozo etadi. Bu yo‘lda kasbiy ta’lim 
muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, fundamental, kasbiy fanlar singari g‘oyaviy 
mazmuni talabalarga, yangi jamiyatning har bir mutaxassisiga zarur bo‘lgan ijtimoiy 
dunyoqarashni shakllantiruvchi tasavvurlar zahirasini hosil qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-
gumanitar fanlarni o‘qitishga yangicha yondashuv asosida axloq malakalarini hosil qilish mumkin. 
Talaba yoshlarda yagona pedagogik jarayonda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda quyidagi 
vazifalar hal etilishi lozim: 
- o‘zbek milliy mentaliteti va jahon sivilizasiyasi yutuqlariga tayanadigan manaviy 
qadriyatlar tizimini mustahkamlash; 
- Sharq mutafakkirlari asarlarida qayd etilgan komil inson g‘oyasi, ta’limotiga amal qilish; 
- O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ta’lim-tarbiya xususan, barkamol shaxs, 
yetuk mutaxassis xususiyatidagi fikr-mulohazalarni o‘rganish va ularga amal qilish. 
 Tarbiyaviy ishlar mexanizmi. Bunday vazifalarni hal etsh pedagogik jamoaning jismoniy 
va manaviy barkamol avlodni tarbiyalash, talabalarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, mehnatga 
halol munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash ishiga sezilarli hissa qo‘shayotgan yoshlar bilan 
ishlovchi barcha davlat va jamoatchilik tuzilmalari (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, 
«Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi, «Mahalla», «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», 
«Nuroniy», «Ulug‘bek», «Umid», «Ustoz» jamg‘armalari, Inson huquqlari bo‘yicha markaz va 
hokazo) bajarayotgan ishlar, dasturlardan foydalanilgan holda tarbiyaviy ishlar mexanizmini ishlab 
chiqish va yoshlar tafakkuriga ta’sir etish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. 
Kasbiy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning mohiyati, uning milliy istiqbol 
mafkurasiga asoslangan, manaviy-axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, fuqaroviy, mehnat, madaniy-
maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan erishiladigan g‘oyaviy amal va ideallarga mos 
holda olib borilishi maqsadga molik masala. Bu muammolarni amalga oshirish barcha 
pedagoglarining oldida turgan yuksak vazifadir.
Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda qator vazifalarni hal 
etish talab etiladi. Jumladan: 
-har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi xalqning oliy g‘oyaviy-axloqiy 
qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini taminlash va O‘zbekistonning ulug‘ 
tarixiy o‘tmishi, bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurishda tanlab 
olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy manaviy-axloqiy 


117 
qadriyatlar, xalqning insonparvarlik an’analari hamda umuminsoniy o‘ivilizasiya yutuqlari 
ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirish va uni etiqodga aylantirish; 
-ta’lim oluvchilarda umuminsoniy insonparvarlik axloqi, madaniyati meyorlari, zamonaviy 
qadriyatlar ehtiyoji, o‘zini yuqori tutish va viqor saqlash, oilaviy tantanalarda o‘zini ko‘rsatishga 
urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanish ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish 
ruhini tarbiyalab borish ularning yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar majmuida yetakchi o‘rin tutadi. Axloq yoki odob deganda 
- kishilarning mazkur jamiyat uchun xarakterli va muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan 
tarixan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvorlarni belgilab beradigan qonun-qoidalar yig‘indisi tushuniladi. 
Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs xulqini baholash uchun mezon bo‘lib xizmat 
qiladi. Ana shu talablarga muvofiq shaxs xulqining mazmuni mamlakatda sharqona axloq-odobga 
asoslangan milliy tarbiyani amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday jamiyatni qurish 
jarayoni yangi ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish bilan bog‘liq. Shu manoda bugungi kun ta’lim 
tizimida amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning asosiy mezonlari milliy axloq meyorlarini 
tashkil etadi. 
Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlar orasida axloqiy tarbiyani amalga oshirish 
avvalo, ularda axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlanishi maqsadga muvofiq. 
Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha va etiqodni tarkib toptirmay turib, axloqiy odatlar, 
shuningdek, xatti-harakat bilan bog‘liq odat va malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan 
talaba-yoshlarga axloq-odob meyor va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat 
berish lozim. Bunda asosan yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farq tushuntiriladi. So‘ngra yaxshi 
xulqlarni hosil qilishga qaratilgan faoliyat uyushtiriladi. Ana shu yo‘sinda yoshlarda axloqiy 
tushunchalar vujudga keladi va xulqiy odatlar hosil qilinadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling