Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Kasb-hunar kollejlari uchun (100 % q 6480G’4560
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akademik liseylar uchun (100 % q 6480G’4560 soat)
Kasb-hunar kollejlari uchun (100 % q 6480G’4560 soat):
Umumta’lim fanlari(43.7 % q 2833G’2020 soat); Umumkasbiy fanlar(7 % q 452G’316 soat); Maxsus fanlar(20 % q 1346G’946 soat); Uquv amaliyoti(10.1 % q 661G’465 soat); Ishlab chiqarish amaliyoti(14.2 % q 921G’648 soat); Davlat attestasiyasi(1.6 % q 102G’72 soat); Kasb-hunar kolleji ixtiyoridagi vaqt (2.5 % q 165G’80 soat). Akademik liseylar uchun (100 % q 6480G’4560 soat): Umumta’lim fanlari (25.8 % q 1673G’1178 soat); Chuqurlashtirilgan fanlar (42.6 % q 2760G’1942 soat); Qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlar (16.2 % q 1053G’740 soat); Maxsus fanlar (3.3 % q 210G’148 soat); Fakultativ kurslar (5 % q 324G’228 soat); Yakuniy va davlat attestasiyasi (5.5 %q358 x 252 soat); Kasbiy tayyorgarlik amaliyoti (1.6 % q 102G’72 soat vaqt). Bizning fikrimizcha o‘quv rejalaridagi bloklarga qatiy emas,balki malum oraliqdagi vaqt miqdorini belgilash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 30 Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘quv rejasi har bir yo‘nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Unda quyidagilar o‘z ifodasini topadi: Tayyorlov yo‘nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi; O‘quv muddati; Tugatgandan so‘ng olinadigan akademik darajasi; Ta’lim shakli; O‘quv davrining taqsimoti (jadvali); O‘quv jarayonining rejasi; O‘rganiladigan o‘quv predmetlari: har bir o‘quv predmetini o‘rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori; O‘rganish uchun ajratilgan vaqtni ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va mustaqil ta’limga qanday nisbatda taqsimlanganligi; O‘quv predmetini qaysi bosqichda, semestrlarda haftasiga qancha soatdan o‘rganish tartibi; Davlat attestasiyasi. Tanlov fanlarining ro‘yxati; Izohlar kabilar. Shu o‘rinda o‘quv rejalarining tayanch, namunaviy va ishchi turlari bo‘lishi mumkinligini yodda tutib, ularni bir-biridan farqlay olish zarur. O‘quv rejalari o‘z navbatida o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quv dasturi shu nom bilan nomlangan o‘quv predmetiga tegishli bo‘ladi. O‘quv predmeti ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan- texnika, san’at ishlab chiqarish faoliyatini muayyan sohasidan tanlab olingan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar haqidagi ma’lumotlar tizimidir. Dastur o‘quv predmetining mazmuni, uni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi meyoriy hujjatdir. O‘quv dasturlari namunaviy va ishchi turlarga bo‘linadi. Namunaviy o‘quv dasturi shu o‘quv predmetiga oid ishchi o‘quv dasturi, taqvimiy-mavzular rejasi, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar didaktik materiallar ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling