Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining huquqiy- meyoriy asoslari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

6-Mavzu: Kasb-hunar ta’limining huquqiy- meyoriy asoslari. 
Reja: 
1.Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslarini qamrab olishi. 
2. O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim tizimi, shu jumladan kasb-hunar 
pedagogikasining metodologik asoslari. 
3. Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish. 
1. 
Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslari qamrab olishi. 
Ta’lim - bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga, mehnatga 
tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida ma’lumot o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga 
oshiriladi. 
Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o‘quv yurtlarida 
o‘qitish jarayonigina emas, balki hayot
,
oila, mahalla, ishlab chiqarish jamoasi va shu kabi 
sohalarda ham ma’lumot o‘zlashtirish jarayonidir. 
Kasb-hunar ta’limining metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi tashkil etadi. Shu 
o‘rinda kasb-hunar ta’limi pedagogikasida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan ba’zi bir asosiy 
tushunchalarga baholi qudrat izoh berib o‘tish lozim. Chunki ishlatilayotgan tushuncha mohiyatini 
bilmasdan ta’lim-tarbiya ishida samaraga erishib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir. 
Kasb – ish- faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi. Kasb-
hunar sirlarini egallashga umumilmiy, umumkasbiy, maxsus ma’lumotlar hamda amaliy xatti-
harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o‘zlashtirish orqali erishiladi. 
Kasb o‘ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni 
mujassamlashtiradi. Ba’zi kasblar o‘ziga bir qancha ixtisosliklarni qamrab olishi ham mumkin. 
Masalan, o‘qituvchilik kasbi o‘qitiladigan o‘quv predmetlariga binoan: umumta’lim, umumtexnik, 


24 
maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchiliklariga bo‘linishini ko‘rsatishning o‘zi kifoY. Kasb va 
ixtisoslik shaxsning muntazam ravishda ma’lum turdagi ish bilan shug‘ullanish metodlarini 
o‘zlashtirib borishni ifodalaydi. 
Metod iborasi (yunoncha – methodas – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot 
ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida 
insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. 
Metodika - pedagogikaning o‘qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga 
oshirish 
va 
natijalarini 
nazorat 
qilib 
baholash 
metod 
hamda 
vositalarini 
o‘zida
mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. N.S. Sayidaxmedov fikricha,” metodika o‘quv jarayonini 
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidir. Metodikadan ko‘zlangan maqsad 
predmet mavzulariga oid nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir”
3
Metodologiya – “metod” va “logiya” iboralarining birligida bilish faoliyati usuli, vositalari 
va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Demak, metodologiya har qanday 
faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir. Shu jihatdan metodologik bilimlar, eng avvalo
muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘ziga qamrab olib, odat hamda meyorlar 
shaklida, ikkinchidan, amalda bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala 
holda ham bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror 
obyektni amaliy o‘zgartirishdan iborat. 
Demak, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida faoliyat 
ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish qonuniyatlari, 
qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir. 
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, respublikaning aql--zakovat va ilm 
borasidagi kuch- quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini 
anglaydigan, har jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shuning 
uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling