3.Pedagogik tadqiqot metodlari amalda nazariy va empirik turlarga bo‘linishi.
1. Nazariy metodlar: ilmiy pedagogik manbalarni tahlil qilish, tahlil va sintez, induksiya
va deduksiya, turlash (shajaralash), analogiya, taqqoslash kabilar.
2. Empirik metodlarga ma’lumotlar olish va yig‘ish (kuzatish, suhbat, anketa
so‘rovnomasi, test so‘rovnomasi va shu kabilar); ma’lumotlarga ishlov berish (matematik, statik,
grafik, jadval); baholash metodlari (o‘zini-o‘zi baholash, reyting, pedagogik konsilium);
pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish (tajriba-sinov ishlari, tajribaviy o‘qitish,
ommaviy o‘qitish) kabilar. Tadqiqotchi aniq shart-sharoit va vaziyatga binoan maqbul metodlar
uyg‘unligini tanlaydi. Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatining prinsiplari, metod va usullarini bilish
fanning metodologik asoslarini bilishni anglatadi.
Pedagogik jarayon yaxlit hodisa bo‘lib, unda biologik, ijtimoiy, individual va jamoaviy
jihatlar murakkab o‘zaro munosabat hamda ta’sirda bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini
harakatlantiruvchi kuch shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi va takomillashtirishi hisoblanadi.
Pedagogik jarayon ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish qonunlari haqidagi bilimlar
asosida qo‘yilgan maqsadga uyg‘un holda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishdir. Pedagogik
jarayon boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy – axloqiy va shu kabi jarayonlar bilan
bevosita bog‘liq. Bo‘lib, u bevosita uning maqsadi, vazifasi, mazmuni, ishtirokchilarining
hamkorlik faoliyati va natijalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik jarayonga tashqi: tabiiy geografik, ijtimoiy, ishlab chiqarish, madaniy va shu
kabi shart-sharoitlar ta’sir qiladi. Pedagogik jarayon o‘zining maqsadi, vazifalari, mazmuni,
metodllari ishtirokchilarining o‘zaro ta’siri, erishilgan natijasi bilan tavsiflanadi.
Pedagogik jarayonning yaxlitligi maxsus o‘quv dasturiga binoan ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlar birligini ta’minlash bilan amalga oshiriladi. Pedagogik jarayonning
mazmun komponenti ma’lum o‘quv dasturlari bilan aniqlanib, insoniyat jamiyatining ijtimoiy
munosabatlar, g‘oyalar, ishlab chiqarish, mehnat, fan va madaniyat sohalaridagi tajribalarini
o‘zida mujassamlashtiradi. Pedagogikaning muammolarini tadqiq etishga ko‘p sonli ishlar
bag‘ishlanganligi bois ularga batafsil to‘xtalib o‘tmadik.
Do'stlaringiz bilan baham: |