Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 Fundamental ilmiy tadqiqotlar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

1. Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bu umumlashtiruvchi konsepsiyalar natijasida buyuk 
yutuqlarga erishiladi, avval noma’lum bo‘lgan qonuniyatlar bog‘liqlik asosida o‘z yechimini 
topadi. 
II. Amaliy (tajriba-sinov) harakteridagi tadqiqotlar ta’lim-tarbiya jarayonining alohida 
qirralarini chuqur o‘rganish, avval shakllantirilgan qonun va nazariyalardan amaliy foydalanish 
shart-sharoitlarini aniqlashga yo‘naltiriladi. 
III. Metodik ishlanmalar yoki amaliyotga yo‘nalgan tadqiqotlar avvaldan ma’lum 
bo‘lgan nazariy qoidalarni hisobga olgan holda aniq tavsiyalarni ilmiy uslubiy jihatdan asoslash. 
Bunday tadqiqotlar asosan alohida o‘quv predmetlarini o‘qitishni takomillashtirish sinfdan va 
ta’lim muassasasidan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni imkon qadar samarali o‘tkazishni ko‘zda 
tutadi. Har qanday pedagogik tadqiqotlar eng kamida quyidagicha to‘rt bosqichni o‘ziga qamrab 
oladi: 
1. Tayyorgarlik bosqichi (tadqiqot dasturini tuzish, maqsad va vazifalarni belgilash, 
muammolarning nazariy va amaliy holatini aniqlash maqsadida manbalar bilan tanishish, o‘z 
farazini ilgari surish, tadqiqot bosqichlarini belgilab olish); 
2. Asosiy tadqiqotchilik tanlangan metodik majmuani qo‘llash; 
3. Miqdoriy va sifat tahlili bosqichi- olingan ma’lumotlarni qayta ishlash; 
4. Yakuniy bosqich - tadqiq etilayotgan pedagogik jarayonning kechishini tavchiflovchi 
sabab, omil shart - sharoitlari o‘rnatiladi, tushuntiriladi va umumlashtiriladi.  
Pedagogik tadqiqot prinsiplari: obyektivlik, ilmiylik; tizimlilik, tarixiylik, uzviylik, 
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. 
Pedagogik tadqiqotlar metodlari: ma’lumki, har qanday ilmiy bilish jarayoni quyidagicha 
uch o‘zaro aloqador tarkibiy qismlardan tashkil topadi; bilish obyekti, o‘rganuvchi subyekt va 
bilish metodi, ya’ni tadqiq etish instrumetariysi. 
Metod (grekcha nimagadir erishish yo‘li) maqsadga erishish usuli, ma’lum ma’noda 
tartibga keltirilgan faoliyat kabi umumiy ma’nolarni anglatadi. 
Pedagogik tadqiqotlar metodlari, tadqiqotchi tomonidan real pedagogik voqelik 
haqidagi dalil va ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil etish usullaridir. Pedagogik 


23 
tadqiqot metodikasi deganda metodlar yig‘indisi, aloqadorligi va ulardan foydalanish ketma-
ketligi tushuniladi. Tadqiqot metodlaridan majmuaviy foydalanish bizni subyektiv ta’sirdan xalos 
etadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling