4-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.
Reja:
1.Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari.
2.Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati.
3.“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
4. O‘zbekistonda «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz
ta’lim tizimi va turlari.
1.Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari.
Istiqlolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar ta’lim mazmunini davr
nuqtai nazaridan yangilashni taqozo etmoqda. Bunday yangilanish O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida shakllantirilayotgan
uzluksiz ta’lim tizimi doirasida kasb ta’limiga alohida o‘rin berilishining samarasi sifatida kasb-
hunar kollejlari va akademik liseylar tizimi shakllandi.
Bugungi kunda kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg‘or metodlar va
yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Ayni vaqtda o‘zining keng tadbiqini kutayotgan, fanning
boshqa sohalari bilan aloqadorlikda ishlab chiqilgan yangi konsepsiya va nazariyalar
rivojlantirilmoqda.
Respublika xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida kasbiy ta’limni
samarali tashkil etish, ishchi kasblariga maxsus tayyorlash, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat
va layoqat sifatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
2.Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati.
Bugungi kunda barcha fan sohalari, jumladan, kasb ta’limi bo‘yicha yangi o‘quv darsliklari,
qo‘llanma va tavsiyalarni yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu o‘rinda kasb ta’limiga
bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
* ta’lim islohotlari natijasida akadem lisey, kasb-hunar kollejlari va boshqa turdagi o‘quv
muassasalarining shakllantirishilishi va rivojlanishi;
* oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini o‘qitilishning yo‘lga qo‘yilayotganligi, bu borada
alohida fakultet va bo‘limlarning tashkil etilishi;
* kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda
amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning
yuzaga kelishi;
kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi faoliyat
turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi;
mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |